AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida KXDR hukumati iloji boricha tezroq yadro qurolidan xalos bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya “anchagina kuchli yadro arsenaliga” ega. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Tramp Koreya yarim orolining oldinda turgan yadrosizlanish jarayoni qisqa vaqt ichida amalga oshishini ta’kidlagan.
Tarixdagi birinchi AQSh va KXDR sammitida Tramp va Kim Chen In kelishuv imzoladi. Uning bandlaridan biri KXDRning yadro qurolini yo‘q qilish bo‘yicha majburiyati hisoblanadi.
“Prezident Tramp KXDR xavfsizligiga kafolat berish majburiyatini oladi, Kim Chen In Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirishga qat’iy va shubhasiz tarafdorlikni tasdiqlaydi”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)