AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, KXDR bilan ehtimoliy yadro kelishuvi Eron bilan kelishuvdan “yumshoqroq” bo‘lmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tramp kelishuv “yumshoqroq” bo‘lmasligini ta’kidlab, AQSh 150 milliard dollar to‘lamoqchi emasligini aytgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8-may kuni Vashingtonning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishini e’lon qilgan. Kelishuvga xalqaro vositachilar “oltiligi” (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) tomonidan 2015-yilda erishilgan edi. Tramp Eronga qarshi barcha sanksiyalarning, xususan, Eron bilan biznes qiluvchi boshqa mamlakatlarga taalluqli ikkilamchi sanksiyalarning qayta kuchga kirganini ma’lum qilgan.
Tramp 150 milliard dollar deganda “yadro kelishuvi” imzolanganidan keyin AQSh tomonidan Eronning muzlatilgan hisob raqamlaridan mazkur mamlakatga to‘langan pullarni nazarda tutgan.
Izoh (0)