Kecha, 12-iyun sanasida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Madridning “Real” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Bugun esa u Jahon Chempionatiga bir kun qolganda Ispaniya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Biz bosh murabbiyning xizmatidan voz kechishga majbur bo‘ldik. Unga omad tilaymiz. Ispaniya termasida umumiy o‘rnatilgan odob qoidalari bor ekanligini hamma xodimlar bilishi kerak. Bu xiyonat emas. Muammo shundaki, “Real” bilan muzokaralar federatsiyani xabardor qilmasdan olib borilgan. Biz buni e’tiborsiz qoldirishimiz mumkin emasdi. Lopetegi shak-shubhasiz haqiqiy professional. Biroq ishni qoidalarga qarab olib borish kerak”, — dedi Rubiales.
Qayd etilishicha, terma jamoa sardori Serxio Ramos boshchiligidagi futbolchilar murabbiyni olib qolishni so‘ragan biroq bu rad etilgan.
Izoh (0)