Xulen Lopetegi 2018-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng Madridning “Real”ini boshqaradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.
51 yoshli ispan mutaxassisi bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.
Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa 19 uchrashuv o‘tkazib, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan (13 g‘alaba va 6 durang).
Ispaniyalik mutaxassis “Portu” (2014—2016-yillarda) va “Real Madrid Kastilya” jamoalarini (2008/09-yilgi mavsumda) boshqargan.
Xulen Lopetegi “Real”da 1988—1991-yillarda darvozabon bo‘lgan, biroq u madridliklar sharafini Ispaniya chempionatida faqat bir o‘yinda himoya qilgan. 1994—1997-yillarda u “Barselona” safida bo‘lgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bo‘la olmagan.
Izoh (0)