Uzmobile milliy aloqa operatori +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning barchasini vaqtinchalik bloklab qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy operatorning ma’lum qilishicha, mazkur qaror +882 perefiksi tomonidan Uzmobile abonentlariga nisbatan amalga oshirilayotgan firibgarlik qo‘ng‘iroqlarining oldini olish uchun qabul qilingan.
“Hurmatli Uzmobile abonentlari, shuni ma’lum qilamizki, firibgarlardan Sizga kelib tushayotgan +882* prefiksli noma’lum qo‘ng‘iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, firibgarlar Uzmobile abonentlarini qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar bilan bezor qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)