O‘zbekiston Rossiyaning avtomobil va avtomotor ilmiy-tadqiqot instituti bilan avtomobillarni qishki sharoitda hamkorlikda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolash niyatida. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Hozirda birgalikda sinovlar o‘tkazish bo‘yicha rossiyalik hamkasblar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Jumladan, bu Avtomobil va avtomotor ilmiy-tadqiqot instituti tizimiga kiruvchi Dmitrov poligoni bo‘lishi mumkin. Biz ‘O‘zavtosanoat’ innovatsiya markazini tashkil etdik va aynan u institut bilan kelishuvni ishlab chiqmoqda. Gap nafaqat yig‘ilgan avto va qismlarning qo‘shma sinovlari, balki yangi mahsulotlarni testdan o‘tkazish, aprobatsiiyasi haqida ketmoqda”, — dedi “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.
Shuningdek, Rossiyada O‘zbekistonda yaqin orada ishlab chiqarish boshlanadigan yangi avtomobil shinalarini ham sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)