O‘zbekiston bo‘ylab velosipedda sayohat qilayotgan qirg‘izistonlik Mahmud Toshtanov Samarqandga keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mehmonni viloyat turizmni rivojlantirish departamenti vakillari kutib oldi. O‘zbekiston velosport federatsiyasi mehmonxonaga joylashtirish, shuningdek, velosipedni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatdi.
Qirg‘izistonlik sayyoh safarini Bishkekda boshladi va Samarqandgacha 944 kilometr yo‘l bosdi. U shaharda bir kun qolib, ertasiga O‘zbekiston bo‘ylab sayohatini davom ettirdi.
Izoh (0)