• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tijorat molidan qiymatini zakotga chiqarish haqida

    “Islom.uz” saytida tijorat molidan qiymatini zakotga chiqarish haqida maqola e’lon qilindi. Ma’lumot Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Mo‘minning najoti” kitobidan olingan.

    Foto: “Ahlisunna.uz”

    Foto: “Ahlisunna.uz”

    Sotib olingan har bir narsa ham tijorat moli bo‘lavermaydi, chunki ularning orasida shaxsiy va oilaviy foydalanish uchun ham bo‘ladi. Faqatgina sotish, foyda olish niyatida xarid qilingan narsagina tijorat moli hisoblanadi.

    Ulamolarimiz: “Tijoratda ikkita asosiy unsur: niyat va amal bor”, deyishadi. Niyat – foyda ko‘rish maqsadi bo‘lsa, amal – oldi-sotdidir. Ushbu ikki unsur bir bo‘lgandagina, tijorat bo‘ladi. Biri bo‘lib, ikkinchisi bo‘lmasa, tijorat bo‘lmaydi.

    Shunga ko‘ra, birov o‘zi uchun biror narsa olib, uni ishlatib yursa-yu, yaxshiroq foyda chiqsa sotib ham yuborish maqsadi bo‘lsa, u narsa tijorat moli bo‘lmaydi. Chunki uni aslida o‘zi uchun olgan. Aksincha, sotib, foyda ko‘rish niyatida olgan narsasidan o‘zi vaqtincha, yaxshiroq xaridor chiqquncha foydalanib tursa ham, u narsa tijorat moli hisoblanadi. Ammo ushbu narsani “Sotmayman, o‘zim foydalanaman”, deb niyat qilsa-yu, foydalanib yursa, o‘sha mol tijorat moli bo‘lmaydi va undan zakot ham bermaydi.

    Tijorat mollaridan zakot farz bo‘lishining shartlari ham xuddi puldagi shartlarga o‘xshaydi, ya’ni buning uchun mol nisobga yetishi, bir yil to‘lishi, qarzdan xoli bo‘lishi va hojati asliyadan ortiq bo‘lishi lozim.

    Zakot berish vaqti kelganda tojir qo‘lidagi va hisob raqamidagi pullarini, savdoga qo‘yilgan mollaridan bir yil to‘lganini va odamlarga bergan qarzlaridan qaytib kelishiga ko‘zi yetganlarini jamlab hisoblaydi, so‘ngra buning ikki yarim foizini zakotga chiqaradi.

    Hisoblash vaqtida tijorat do‘koni binolari, binoning asbob-anjomlari, tijorat mollari qo‘yiladigan joylar, peshtaxta va shunga o‘xshash sotuvga qo‘yilmagan narsalar hisobga olinmaydi. Tijorat mollarining qiymati zakot chiqarilayotgan kundagi bahosida o‘lchanadi. Zakotni tijorat mollarining o‘zidan yoki qiymatidan chiqarsa ham bo‘ladi. Ammo kambag‘allarga foydaliroq bo‘lgani uchun qiymatidan chiqarilsa, yaxshi bo‘ladi.

    Zakot, sadaqai fitr, kafforat, ushr va nazrlarda ularning qiymatini berish ham joiz. Bir yil to‘lgandan keyin kamaysa, zakotning o‘sha kamaygan miqdordagi ulushi soqit bo‘ladi. Zakot nisobdadir, afv qilingan narsada emas.

    Agar qirqta tuyaga bir yil to‘lgandan keyin o‘n beshtasi halok bo‘lsa, binti maxoz berish vojib bo‘ladi.

    Yilning o‘rtasida ko‘rilgan foyda o‘z jinsidan bo‘lgan nisobga qo‘shiladi.

    Nisobni mukammal qilish uchun tilla kumushga va tijorat mollari qiymati ila ikkisiga qo‘shiladi.

    Nisobning yil davomida noqis bo‘lgani (kamaygani) hisob emas. Zakotni bir yil va undan ham avvalroq berish joiz.

    Shuningdek, bir nisobga sohib bo‘lgan kishi bir necha nisobning zakotini oldindan bersa bo‘ladi (“Kifoya”dan).

    Bu yerda zakotga oid bir necha masala muolaja qilinmoqda. Avvalo, zakot va unga o‘xshash moliyaviy ibodatda beriladigan narsalarning o‘zini bermay, qiymatini bersa ham bo‘lishi haqida so‘z bormoqda.

    Zakot, sadaqai fitr, kafforat, ushr va nazrlarning qiymatini berish ham joizligi haqida hanafiy mazhabining ulamolari: “Qiymatini chiqarsa yaxshi bo‘ladi, ba’zi vaqtlarda qiymatini berish miskin va faqirlar uchun manfaatliroq bo‘ladi”, deyishadi. Zamondosh ulamolarimiz bu boradagi barcha ma’lumotlarni to‘liq va atroflicha o‘rganib chiqib, hanafiy mazhabining tutgan yo‘li hozirgi zamon uchun munosib, degan fikrga kelishgan.

    Zakotga beriladigan hayvon o‘rniga uning qiymatini bersa bo‘ladimi? Hanafiy mazhabida: “Zakotga beriladigan hayvon o‘rniga uning qiymati berilsa bo‘ladi”, deyiladi. Qiymat har yurtning o‘z narxida va zakot berilayotgan kunning bahosiga qarab bo‘ladi.

    Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qilinadi:

    “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zakotga olingan tuyalar ichida o‘rkachi baland tuyani ko‘rib qolib, zakot yig‘uvchiga achchiq qilib, “Sizlarni odamlarning yaxshi mollarini olishdan qaytarmaganmidim?” dedilar. “Men uni sadaqa tuyalaridan ikkitasining o‘rniga oldim”, dedi zakot yig‘uvchi”.

    Boshqa bir rivoyatda: “Ikki tuyaning o‘rniga qaytarib oldim”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar”, deyilgan.

    Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilgan.

    Ikki tuya o‘rniga bir tuyani olish qiymatni olishga ruxsat borligiga dalolat qiladi.

    “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muozni Yaman ahliga ularning zakotlari va boshqa narsalarini olgani yuborganlarida, Muoz ularga: “Menga zakotda arpa va jo‘xori o‘rniga xamiys yoki labiys kiyimlaridan beringlar. Bu sizlar uchun yengil, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinadagi sahobalari uchun xayrlidir”, degan”.

    Buxoriy o‘z “Sahih”ida zikr qilgan.

    08.06.2018, 11:32   Izoh (0)   23464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorolik ayol bozorda erini pichoqlab qo‘ydi

    08.06.2018, 10:50

    Ro‘zaning inson salomatligiga ta’siri haqida

    08.06.2018, 10:49

    Eski Qrim: O‘zbekxon masjidi. XIII—XIV asrlarda Yevrosiyoda islomning yoyilishi

    08.06.2018, 10:19

    Bugun Toshkent islom institutida talabalar o‘rtasida azon musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    08.06.2018, 10:05

    Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

    08.06.2018, 09:53

    O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasida iftorlik o‘tkazildi

    08.06.2018, 09:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon Rossiyada fuqarolari qiynoqqa solinib, o‘ldirilgani yuzasidan jinoiy ish ochdi

    Dunyo | 1 iyul, 15:37

    AQSH xorijiy yordami qisqarsa, 14 million odam o‘lishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 1 iyul, 15:25

    Ilon Maskda Asperger sindromi, Bill Geytsda esa autizm bor: nega aqlli odamlar ruhiy kasalliklarga moyil bo‘ladi?

    Layfstayl | 1 iyul, 15:15

    O‘zbekistonda qurilish oynalari chiqindilarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 1 iyul, 15:05

    Samsung uchga buklanadigan smartfon va “o‘ta ingichka” Galaxy Z Fold 7 ni taqdim etadi (video)

    Texnologiyalar | 1 iyul, 14:55

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    Kino | 1 iyul, 14:40

    “Barselona” Messi va boshqa futbolchilarga to‘lanmay qolgan qarzlarini yopdi

    Sport | 1 iyul, 14:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.