O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
O‘z salom so‘zida vazir o‘quvchilarga o‘z faoliyati haqida so‘zlab berishi, sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar va mavjud muammolar haqida xabar berishini ta’kidladi.
“Siz bilan bevosita muloqot olib borish imkoniyatidan juda mamnunman!” — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifalarini ochgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)