O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining shaxsiy sahifasini ochdi.
“Assalomu alaykum, aziz Yurtdoshlar! Xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini o‘rganish, inson manfaatlarini ta’minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir. Siz bilan doimiy muloqotda bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifamni ochdim. Endi tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni ushbu sahifada birgalikda muhokama qilamiz”, — deya ta’kidlagan Alisher Shodmonov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham kuni kecha mazkur ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)