Jahon Chempionati arafasida Belgiya terma jamoasi mundial qatnashchilaridan biri Misr bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv Belgiyaning yirik 3:0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Avvaliga 27-daqiqada Lukaku hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Azar oradagi farqni 2 taga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Fellaini jamoasining 3-golini kiritdi. Qayd etish joiz, o‘yinda misrliklar yetakchisi Muhammad Saloh jarohati bois maydonga tusha olmadi.
Yana bir mundial ishtirokchisi Nigeriya esa Chexiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
6-iyun, chorshanba
Izoh (0)