O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Facebook’da rasmiy sahifasiga ega bo‘ldi.
“Rasmiy sahifamga xush kelibsiz! Hurmatli do‘stlar, men sizlarni mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan moliyaviy islohotlar hamda ish faoliyatim bilan ijtimoiy tarmoq yordamida xabardor qilib bormoqchiman. Shu bilan birga, sizning fikringiz, taklif va mulohazalaringiz men uchun juda muhimligini bildirmoqchiman. Sizlar bilan bevosita muloqot qilishdan bag‘oyat mamnunman”, — deya ta’kidlagan Jamshid Qo‘chqorov.
Sahifaga Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi Kim Chang Keon, “Gazprombank” ekspertlar guruhi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Tao Djang boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar haqidagi ma’lumotlar va fotolar joylashtirib ulgurilgan.
Izoh (0)