4-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda dollar kursi salkam 40 so‘mga pasaydi. Bunaqasi bo‘lmagan. Liberalizatsiyamisan liberalizatsiya!
2. Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabarlar asossiz. 4-iyun kuni ertalabdan shunday mish-mish tarqalgan edi.
3. Qo‘yliq bozori yaqinida fohishalar to‘planadigan joylarga patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi. Avvalroq shunday punkt Sayilgoh ko‘chasida ham o‘rnatilgan edi.
4. Toshkent metrosida foto va videoga olishga ruxsat berildi. Jurnalistlar: “Suratga olsak bo‘ladimi?”, deb so‘rashsa, ichki ishlar xodimlari: “Bemalol, bemalol”, deyishayotganmish.
5. “Bunyodkor” stadioni nomi o‘zgartiriladi. Ammo stadion nomining o‘zgartirilish sanasi hali aniq emas.
6. O‘FAning “Iftixor” direktori va katta murabbiyini vaziyatni bilmasdan turib chetlatgani haqidagi xabarlar rad etildi. “Biz bilardik”, — deyishyapti O‘zPFL mas’ullari.
Izoh (0)