• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eshshakmisan, molmisan?!”. Shu ayol muallimaga yarashadigan gapmi?

    O‘zAda jurnalist Baxtigul Qarshiyevaning o‘quvchilarini qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qiladigan o‘qituvchilar va bunday holatlarda bolalar psixologiyasida yuz beradigan o‘zgarishlar haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liq holda e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    Yo‘lda ikki o‘smirning o‘zaro suhbati qulog‘imga chalindi.

    – “Naushnik” sotib oldim, ustozning haqoratlarini eshitishga toqatim qolmadi, – dedi ulardan biri.

    – Javohga (Javohirga demoqchi shekilli) baqirganini qara: “Eshshakmisan, molmisan?..”, deydi. Shu ayol kishiga, muallimaga yarashadigan gapmi? – dedi ikkinchisi.

    O‘z kasbining fidoiylari, muhtaram ustozlar meni kechirsinlaru, o‘tgan yili boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining jazavaga tushib, xuddi shunday haqoratli so‘zlarni aytayotgan video tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Shu yilning 19 yanvar kuni Facebook foydalanuvchisi Muazzam Ibrohimova “Eri prokuror bo‘lgan matematika fani o‘qituvchisi tumandagi maktablarning biriga ishga joylashtirildi. U darsga kirgan sakkizta sinfdagi ikki yuzdan oshiq o‘quvchi fanni o‘zlashtira olmay bir yil davomida “mol”, “eshshak”, “hayvon” degan haqoratlar bilan siylandi”, deya post qoldiradi. Joriy yilning 18 yanvarda Qozog‘istonning Akto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiadan ta’sirlangan Muazzam Ibrohimova “Eng yomoni, bolalarning vaqtini o‘g‘irlayotgan bunday o‘qituvchilarni deb Nobel mukofoti olishi mumkin bo‘lgan olimlar emas, yot o‘lkalarda xor bo‘lib, o‘lib ketayotgan mardikorlar voyaga yetmoqda”, deya fikrini tugallaydi

    Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda peshonasiga ruchka bilan “2” raqami yozilgan o‘quvchilar suratlari tarqaldi va bu hammasidan oshib tushdi. Texnika davri emasmi, o‘qituvchilar tomonidan tahqirlanayotgan bunga o‘xshash o‘quvchilar haqidagi bir qancha vediolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. O‘sha o‘qituvchilar topilib, jazoga ham tortildi. Lekin bu holat yana davom etmoqda.

    Bugungi shiddatli zamonda ko‘ngil degan narsa hech kimni qiziqtirmay qo‘ydi. Psixologlarning ta’kidlashicha, jamoa oldida tahqirlanish, kamsitilish holatlari bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni pasayishiga olib keladi.

    – Bunday voqealarni 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar esidan chiqarishi mumkin, ammo o‘smirlar kamsitilganida, tahqirlanganida ruhiyatida umidsizlik, qiziqishning yo‘qolishi, ba’zan agressiya, shuningdek o‘z joniga qasd qilish kabi mudhish holatlar ham kuzatilishi mumkin, – deydi, psixolog Nargiza Abdumannopova.

    O‘qituvchilardan so‘rasangiz: “Ustoz behudaga bolalarga baqirmaydi. Tinchlantirish uchun boshqa chorasi qolmagach, ovozini ko‘tarishga majbur bo‘ladida”, deyishadi. Ammo SamDU qoshidagi birinchi akademik litsey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilfuza Toshniyozovaning fikri boshqacha:

    – Agar o‘qituvchi darsga puxta tayyorlansa, o‘tilayotgan mavzuni o‘quvchilarga to‘liq tushuntirish uchun hayotiy misollardan foydalansa, ularni qiziqtira olsa, baqirishga hojat qolmaydi. O‘quvchi zeriksa yoki mavzuni tushunmasa to‘polon ko‘taradi. O‘quvchi zerikyaptimi, demak o‘qituvchi darsga tayyor emas! Bilimga, mahoratga emas, ovozga zo‘r berayotgan o‘qituvchilar, afsuski, oramizda talaygina.

    Ayni kunlarda OAV saytlarida o‘smir-yoshlar o‘z joniga qasd qilgani, oila a’zolari, yaqinlariga tan jarohat yetkazgani haqidagi habarlarga tez-tez duch kelyapmiz. Mutaxassislarning fikricha, bu kabi holatlar ruhiy jarohati bor bolalar tomonidan sodir etiladi. Bolalarning ruhiyatiga yetkazilayotgan jarohatda ayrim o‘qituvchilarning ham hissasi borligi achinarlidir. Chunki maktab insonga bilim, tarbiya berish bilan bir qatorda, kelajakka umid, ishonchni shakillantiradigan maskan hisoblanadi. O‘qituvchilar esa “Ustoz” degan sharafli nomga munosib bo‘lishlari shart. Shu sababli, umumta’lim maktablarining har bir sinfida kuzatuv kameralari o‘rnatilishi kerak deb o‘ylayman. Shunda ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi “o‘qituvchi”lar mas’uliyatni his etib, o‘zini qo‘lga olar ehtimol.

    Zero, farzandlarimizning nafaqat jismonan balki ruhiy kamoloti biz uchun muhim. Ularning nafsoniyatiga, g‘ururiga daxl qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

    02.06.2018, 17:26   Izoh (0)   68303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ismoil Jo‘rabekov: Suvdan foydalanganlik uchun to‘lov joriy etish vaqti keldi

    02.06.2018, 17:10

    Farg‘onadagi metan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

    02.06.2018, 16:50

    Samarqandda ham maktab, ham bog‘cha uchun ajratilgan yerda maktab qurilishi boshlandi

    02.06.2018, 15:37

    Innovatsiya vazirligi tuz bo‘roni keltirgan zararni bartaraf etish uchun Xorazm viloyatiga mutaxassislarni yubordi

    02.06.2018, 14:50

    Toshkent shahrida xalq ta’limi bo‘limi xodimi 400 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    02.06.2018, 13:39

    Samarqand viloyatini obodonlashtirish uchun 50 million dollar ajratildi

    02.06.2018, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.