Yaponiya hukumati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ommaviy nafaqa to‘lash dasturini ma’qulladi, deb xabar beradi “TASS”.
Ushbu dasturga ko‘ra, mamlakatdagi har bir maktabgacha ta’lim muassasasi bosqichma bosqich ravishda bepul tizimga o‘tadi.
Hukumat budjetdan har bir uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolaga 340 dollar atrofida nafaqa to‘laydi.
Ushbu summani berish haqidagi qarorni mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari qabul qiladi. Summa bog‘cha yoki shunga o‘xshash ta’lim muassasalari pulini to‘lash imkonini beradi.
Qayd etilishicha, ushbu summa oylik daromadi yuqori bo‘lgan oilalar farzandlariga ham to‘lanadi.
Nafaqa tovar va xizmatlarga iste’mol soliqlarining narxini 8 foizdan 10 foizgacha oshirish hisobiga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)