AQSh aholisining 70 foizi prezident Donald Tramp Twitter’ni suiste’mol qilmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda, Politico nashri va Morning Consult kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 72 foizi Tramp Twitter’dan juda ko‘p foydalanadi, deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga qaraganda uch foizga ko‘proqni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, 62 foiz ishtirokchi Trampning Twitter’dan foydalanishini salbiy deb hisoblaydi. Qayd etilishicha, respublikachilar tarafdorlarning 58 foizi Tramp ijtimoiy tarmoqni suiiste’mol qiladi, deb hisoblaydi. Faqat ularning 38 foizi bu uning harakatlar dasturiga zarar yetkazadi, deb o‘ylaydi.
So‘rov 23—29-may kunlari o‘tkazilgan va unda 1995 kishi ishtirok etgan.
Izoh (0)