Donald Tramp general-leytenant Ostin Skott Millerni AQShning Afg‘onistondagi Qurolli kuchlari qomondoni etib tayinlashni taklif etdi. Bu haqda The Hill’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, agarda AQSh senati Millerning nomzodini ushbu lavozimga tasdiqlaydigan bo‘lsa, u NATO’ning Afg‘onistondagi jangovar bo‘lmagan “Qat’iy yordam” missiyasining ham qo‘mondoniga aylanadi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda general Miller AQShning maxsus operatsiyalari qo‘mondonligini boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)