Meksikaning Syudad-Viktoriya shahrida jurnalist Ektor Gonsales Antonio urib o‘ldirildi. Bu haqda Tamaulipas shtati bosh prokurori ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Politsiyaga ko‘ra, Imagen media-guruhi jurnalistiga shahar ko‘chasining o‘zida o‘limga olib kelgan qaqshatqich zarbalar yog‘dirilgan.
Ektor Gonsales Antonio Meksikada yil boshidan beri o‘ldirilgan oltinchi jurnalist bo‘ldi. 2017-yilda ularning soni 12 kishini tashkil qilgandi.
Izoh (0)