Dunyoning eng yirik reklama PR-agentliklaridan biri WPP 19-marta BrandZ Top 100 reytingini tuzdi, unda eng qimmat brendlar keltirilgan, deb yozadi “RBK”.
Reytingning yuqori o‘nligidagi sakkizta kompaniya — texnologik brendlar. Reytingda Google (brend 302,1 milliard dollarga baholanmoqda, o‘sish — 23%) va Apple (300,6 milliard dollar, 28%) yetakchilik qilmoqda. Uchinchi o‘rinni Amazon (207,6 milliard dollar, 49%) egallab, Microsoft (200,987 milliard dollar, 40%)ni ortda qoldirdi.
Beshinchi o‘rinni Xitoyning Tencent kompaniyasi (178,990 milliard dollar, 65%) egalladi. U reytingda Facebook (162,106 milliard dollar), Visa (145,611 milliard dollar) va McDonald’s (126,044 milliard dollar)dan o‘zib ketdi.
Reytindan Xitoyning yana bir kompaniyasi — Alibaba (113,401 milliard dollar, 92%) o‘rin oldi.
BrandZ Top 100 kompaniyalarning bozor qiymati bo‘yicha bahosini hisobga olmaydi, balki odamlarning o‘zlari sotib olayotgan brendlar haqidagi fikrlarini inobatga oladi. BrandZ 3 milliondan ortiq iste’molchi bilan intervyu asosida brend kapitali hajmini kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlarining sinchiklab olib borilgan tahlili bilan uyg‘unlashtiradi.
Izoh (0)