Gruziya Suriya bilan diplomatik aloqalarini uzmoqda. Bunga Damashq tomonidan Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqil davlat sifatida tan olingani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Euronews.
Tbilisi arab respublikasi hukumatini suveren davlatning hududiy yaxlitligini buzishda ayblamoqda va jahon hamjamiyatini Suriya rahbariyatining harakatlariga baho berishga chaqirdi.
Abxaziya rahbari hamda Janubiy Osetiya Tashqi ishlar vazirligining veb-saytlarida keltirilgan xabarlarga ko‘ra, Suriya elchilari Suxumi va Sxinvaliga yuborilishi kerak. Janubiy Osetiya keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikka intilmoqda, Abxaziya prezidenti Raul Xajimba esa Suriya bilan munosabatlar o‘zaro hurmat va hamkorlik ruhida rivojlanashini ma’lum qildi.
Suriyadan tashqari Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini rasman yana to‘rtta davlat tan olgan: Venesuela, Nauru, Nikaragua va Rossiya.
Izoh (0)