Joriy yilning 26—31-may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernatori kubogi” janglari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etmoqda.
Kecha, 29-may sanasida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finalida ringga chiqdi va ulardan 7 nafari finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, -56kg vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun o‘zaro ringga chiqadigan bo‘ldi. Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirovga finalda Miraziz Mirzahalilov raqiblik qiladi.
Final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)
Izoh (0)