Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra har oyning ilk dushanba kunlari Superliga klublarida ma’naviyat va ma’rifat darslari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ana shunday darslardan biri kecha, 28-may dushanba kuni Toshkentning “Paxtakor” jamoasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, “Paxtakor” futbol klubida o‘tgan ma’rifat va ma’naviyat soatida jamoa a’zolariga O‘zbekistonda bo‘layotgan so‘nggi siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berilgan.
Shuningdek, “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”da O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar haqida so‘z yuritildi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)