Toshkent viloyatining shu nomli tumanida yashovchi maktabning 6-sinf o‘quvchisi qo‘liga otasiga tegishli pnevmatik to‘pponcha tushib qoldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U to‘pponchani o‘ynab, tepkisini bosgan paytda o‘q otilib, uyda mehmonda bo‘lgan maktabning 1-sinf o‘quvchisi S.R.ni chap qo‘l tirsak qismiga tegdi.
Hodisa oqibatida S.R. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)