27-may kuni Olmazor tumanida yashovchi S.Sh va E.F ismli fuqaro o‘zlarining sheriklari bilan birgalikda Yunusobod tumanida joylashgan “Layk bar” kafesi oldida mast holda bo‘lgan ikki nafar fuqaroni urib, ularning pullari va mobil telefonlarini olib qo‘ygan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan S.Sh hamda E.F Yunusoboddagi “Layk bar” kafesi oldida shirakayf ikki nafar fuqaroni Chilonzor tumaniga olib borib qo‘yishga kelishib, ularni “VAZ-21093” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tqazgan. S.Sh va E.F. yo‘lovchilarning mastligidan foydalanib aytilgan manzilga emas, balki Olmazor tumanidagi “Sazanchik” nomli kafe oldiga olib borib, u yerda kutib turgan ikki nafar hamtovog‘i bilan birga yo‘lovchilarni avtomashinadan tushirib, tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan, ularning pullari va mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringan
Natijada jabrlanganlarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida jinoyatchilarning barchasi qo‘lga olingan.
Izoh (0)