Namanganda boshlangan 58-an’anaviy “Gul bayrami”ga martabali xorijlik mehmonlar ham tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Jumladan, bayramning ochilish marosimida Bangladeshning Favqulodda va muxtor elchisi Ma’sud Mannan, Saudiya Arabistoni podshohligi elchixonasi vakili Ma’diy Al-Sobaiy ishtirok etdi.
Bayramni tomosha qilish uchun qo‘shni davlatlardan tashqari Rossiya, Turkiya va Italiyadan ham mehmonlar keldi. Xitoyning SSTV televideniyesi suratga olish ishlarini olib bordi.
Ochilish marosimida ilk bor “Gul bayrami”ning ramzi va madhiyasi ishtirokchilarga havola etildi.
Madhiya matni taniqli shoira Rislig‘oy Hotamova qalamiga mansub, musiqasini esa Oqilbek Mahkamov va Olimjon Tillaboyev bastaladi.
Ma’lumot uchun, mazkur bayram uchun Namangan shahridagi Bobur nomli bog‘da 2 milliondan ortiq gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Izoh (0)