26-may kuni surxondaryolik ayol mast holda turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-may kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi 43 yoshli ayol mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida, shirakayf turmush o‘rtog‘ining qorniga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada jarohat olgan er kasalxonaga yotqizilgan, uning rafiqasi esa qo‘lga olingan.
Izoh (0)