• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirish uchun nimalarni bilishingiz lozim

    Yildan yilga IELTS xalqaro test tizimi tobora mashhur bo‘lib bormoqda, chunki ushbu imtihonni muvaffaqiyatli topshirish ham ta’limda, ham kasbiy o‘sishda yangi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.

    Mazkur maqolada Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mark Krossi IELTS imtihonini topshirish borasida eng ko‘p uchraydigan savollarga javob beradi.

    IELTS o‘zi nima? 

    • IELTS – bu ingliz tili bo‘yicha xalqaro testdir.
    Hozirda dunyoning 140 mamlakatidagi hukumat muassasalari, ta’lim maskanlari va ish beruvchilardan iborat ja’mi 10 000 dan ortiq tashkilotlar IELTS’ga ishonadilar va uning natijalarini tan oladilar. O‘zbekistonda ham xalqaro oliy o‘quv yurtlariga, jumladan, Toshkentdagi Vestiminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Toshkentdagi Inha universitetiga o‘qishga kirish uchun IELTS testi natijalari lozim.

    U nima uchun kerak? 

    —IELTS xalqaro sertifikati ingliz tili rasmiy til bo‘lgan mamlakatlardagi va, shuningdek, boshqa davlatlardagi ta’lim ingliz tilida olib boriladigan xalqaro oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Kanada, Avstraliya va Yangi Zellandiya kabi mamlakatlarga kasbiy immigratsiya yo‘nalishi bo‘yicha immigratsiya qilmoqchi bo‘lgan insonlar ushbu testni topshirishlari lozim bo‘ladi.

    Imtihon qanday modullardan iborat?

    —IELTS quyidagi ikki moduldan iborat:

    1. Academic (Akademik) IELTS ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Irlandiya, Yangi Zellandiya, JAR, AQSh va boshaqalar)dagi kollejlar va oliy o‘quv yurtlariga hamda boshqa mamlakatlarning ingliz tilida ta’lim beriladigan o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun qo‘llaniladi;
    2. General Training (Umumiy ) IELTS Kanada, Avstraliya va Yangi Zellandiya kabi mamlakatlarga kasbiy immigratsiya yo‘nalishi bo‘yicha immigratsiya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun majburiy shartlardan biri hisoblanadi.

    IELTS qanday baholanadi?

    • Baholash to‘rtta til ko‘nikmalari asosida amalga oshiriladi: audio (tinglash), o‘qish, yozish va og‘zaki nutq. Mazkur ko‘nikmalarning har biri 1 dan 9 gacha bo‘lgan shkala asosida baholanadi va ular hosil qilgan umumiy ballar jamlanadi. Nomzod butun ball (masalan, 5.0; 7.0) yoki yarimlik ball (masalan, 5.5; 6.5; 7.5) olishi mumkin.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, IELTS test topshiruvchining ingliz tili borasidagi bilim darajasini belgilaydi va shu sababli “topshira oldi” yoki “topshira olmadi” degan tuchunchalar bu borada noo‘rin hisoblanadi, chunki har qanday holatda ham test topshiruvchining darajasidan kelib chiqqan holda natijalar taqdim etiladi.

    O‘zbekistonda IELTS imtihonini Toshkentdan boshqa yana qaysi shaharlarda topshirish mumkin?

    —Ushbu imtihonga bo‘lgan qiziqishning tobora ortib borishini inobatga olgan holda hamda imtihon topshirish uchun qulayliklar yaratish maqsadida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida ham imtihon topshirish bo‘limlari ochilgan.

    Imtihonga qachon ro‘yxatdan o‘tgan afzal? 

     

    —Mazkur testni topshirish uchun bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsagina istalgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. O‘rinlar oldindan egallanmaydi va shuning uchun bizning onlayn tizimimizda oldindan ro‘yxatdan o‘tishingizni maslahat beramiz (tavsiyamiz: test kunidan besh-olti hafta oldin ro‘yxatdan o‘ting). Shuni yodingizda tutingki, muayyan test kuni uchun mavjud bo‘lgan barcha bo‘sh o‘rinlar to‘lgach, ushbu sana test kunlari saytdagi ro‘yxatimizda namoyon bo‘lmaydi.

    Imtihon topshiruvchilarga qulaylikalar yaratish maqsadida Britaniya Kengashining IELTS testi uchun ro‘yxatdan o‘tishga ko‘maklashuvchi bir qator markazlar bilan hamko‘rlik o‘rnatildi. Jumladan, imtihon topshirish istagida bo‘lganlar Toshkentdagi RIKS EDUCATION, YOU MATTER LEARNING CENTRE hamda IELTS ZONE, Andijonda Andijan Development Centre, Farg‘onaning Opus Learning Centre, Namangandagi Learning Skills Lab, Samarqandda Innovative IELTS Centre va Urganchning WESTPRO Learning Centre o‘quv markazlarida mazkur imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Viloyatdagi markazlarda esa, IELTS imtihonlari ham o‘tkaziladi. Ushbu markazlarda ro‘yxatdan o‘tganlar qator qulayliklarga ega bo‘ladilar. Jumladan, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bepul yordam va umuman IELTS testi haqida maslahatlar olish, Britaniya Kengashi hamda markazlar tomonidan taqdim etilgan tayyorgarlik treninglari hamda imtihon natijalari qayd etilgan sertifikatni ro‘yxatdan o‘tgan markazdan olib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    IELTS imtihonlari qanday oraliqlarda o‘tkaziladi? 

    —IELTS oyiga to‘rt marta ya’ni har hafta o‘tkaziladi. Aniq sanalarni bizning saytimizda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/test-dates-fees-location

    Imtihonning barcha qismlari bir kunda topshiriladimi?

    • Testning yozma qismi, ya’ni tinglab tushunish, o‘qish va yozish qismlari bir kunda o‘tkaziladi. Og‘zaki sinov (imtihon oluvchi bilan individual suhbat) yozma qismdan bir hafta oldin yoki keyin o‘tkazilishi mumkin.

    Imtihon kuni nimalarni olib kelish kerak? 

    • Imtihonga kelganingizda yoningizda siz ushbu test uchun ro‘yxatdan o‘tishda qo‘llagan pasportingiz bo‘lishi lozim. Shuni inobatga olish lozimki, pasport qandaydir sabablarga ko‘ra o‘zingizda bo‘lmasa, uning nusxasi yoki boshqa hujjat bilan imtihonga kirib bo‘lmaydi. Imtihonga kirish uchun faqatgina pasport hujjat sifadida qabul qilinadi. Shuningdek, qora qalamlar, o‘chirg‘ich va gazlanmagan ichimlik suvi ham olib kelishingiz mumkin.

    Ruchka yoki qog‘oz olib kelish mumkinmi?

    —Imtihon xonasiga ruchka yoki qog‘oz olib kirishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, yoningizda metall buyumlar, elektron ashyolar, telefon, smartfon, planshet, soat, ozuqa yoki gazlangan suvlar bo‘lmasligi lozim. Siz faqat qora qalam, o‘chirg‘ich va gazlanmagan ichimlik suvi olib kelishingiz mumkin.

    Agar imtihon kunida imtihon topshiruvchi sog‘lig‘ining yomonlashgan sababli kela olmasa, unga to‘lagan puli qaytarib beriladimi?

    —Kasallik tufayli imtihonga kelmaslik holatida, imtihondan keyingi besh ish kuni ichida kasallikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma (spravka) taqdim etilishi va pulni qaytarish yoki imtihonni yangi sanaga ko‘chirishni talab etish uchun ariza shakli (forma) to‘ldirilishi lozim bo‘ladi. Barcha taqdim etilgan hujjatlar imtihonlar bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan qaror yozma ravishda elektron pochta orqali ma’lum qilinadi. Bunda faqat jiddiy kasallanish holatlari ko‘rib chiqiladi. Agar yuqorida tilga olingan hujjatlar imtihondan keyingi besh ish kuni ichida taqdim etilmasa, to‘langan pul qaytarib berilmaydi.

    Imtihon natijalarini qachon va qanday qilib olish mumkin? 

    —IELTS natijalari imtihon kalendari bo‘yicha imtihon kunidan keyingi 13 kunda soat 12:00 dan keyin e’lon qilinadi. Barcha sertifikatlar imtihonga ro‘yxatdan o‘tishda yoki imtihon kunida ko‘rsatilgan manzilga buyurtma xat orqali yuboriladi. Shu sababli imtihon topshiruvchilar o‘z manzillari va pochta indekslarini aniq ko‘rsatgan holda taqdim etishlari lozim.

    IELTS topshirish tartiblarida qandaydir o‘zgarishlar bo‘lganmi? 

    —IELTS topshirish tartiblariga hech qanday o‘zgarishlar kiritilmagan.

    Xalqaro sertifikat qancha yaroqlilik muddatiga ega?

    —IELTS sertifikati imtihon topshirilgan sanadan boshlab ikki yil davomida yaroqlilik muddatiga ega.

    Imtihonga qanday tayyorgarlik ko‘rgan maqul?

    Imtihonga tayyorlanishda o‘qituvchi bilan yoki o‘zingiz mustaqil ravishda ham tayyorlanishingiz mumkin. Agar tayyorgarlikni mustaqil ravishda amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, Britaniya Kengashi saytida buning uchun ko‘plab yordam beruvchi resusrlari mavjud. Jumladan, IELTS Prep App, IELTS WORD POWER, IELTS 1001 ways mobil ilovalari imtihonga tayyorlanish uchun maxsus sharoitsiz ham tayyorlanish imkoniyatini beradi. Masalan, jamoat transportida yoki o‘qishdagi tanaffus paytlarida ilova yordamida listening (tinglab tushunish) va speaking (og‘zaki nutq), so‘z boyligini va talaffuzni rivojlantirish mumkin. Ilovalarni App Store va Play Marketdan topsangiz bo‘ladi. Shuningdek, imtihondan ro‘yxatdan o‘tgan zahotingiz, sizga Road to IELTS 30 soatlik bepul tayyorlanish uchun onlayn kurs taqdim etiladi. Shaxsiy maslahatim, tayyorgarlik paytida o‘zingizga maksimal darajada ingliz tili muhitini yarating. Bunda sizga ingliz tilidagi filmlar, qo‘shiqlar, ilmiy-ommabop maqolalar yordam beradi va albatta har kuni so‘z boyligingizni kengaytirishga harakat qiling. Sizga yordam tariqasida bizning Facebook va Instagram’dagi ijtomoiy tarmoqlarimizda qiziqarli va sifatli ma’lumotlar, o‘yinlar, videolar va maqolalar qo‘yib boramiz.

    Ushbu mashaqqatli va maroqli yo‘lda IELTS topshirishga bel bog‘laganlar uchun omad va o‘z maqsadlaringizga erishishingizni tilayman! Britaniya Kengashi sizlaring savollaringizga telefon, email va ijtimoiy tarmoqlar orqali javob berishga tayyor. Sizga yordam bera olishimizdan xursand bo‘lamiz.

    Ma’lumot uchun:

    Telefon: +998(71) 205-06-60

    Elekton manzil: info@britishcouncil.uz

    Reklama huquqi asosida!

    28.05.2018, 09:00   Izoh (0)   68337
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muborak Ramazon oyi munosabati bilan LADA’dan 10 000 000 so‘mgacha chegirmalar

    25.05.2018, 09:00

    O‘z kelajagingizni “Discover Invest” bilan birgalikda quring

    24.05.2018, 15:00

    O‘zbekistonda endilikda avtosug‘urtani uydan chiqmagan holda rasmiylashtirish mumkin

    24.05.2018, 13:36

    Huawei AKT sohasida o‘zbekistonlik iqtidorlari uchun noyob imkoniyatni taqdim etmoqda

    24.05.2018, 12:00

    Qo‘shimcha mablag‘ kerakmi? Marhamat — jismoniy shaxslarga mikroqarz!

    23.05.2018, 09:15

     ​China Education: 100% lik bepul ta’lim grantlari (40 ta o‘rin)

    22.05.2018, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02

    Eronda sud binosiga hujum: 9 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 21:34

    Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 26 iyul, 21:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.