Gretsiyada chaqmoq chaqishidan keyin shaharlararo avtobus yonib ketdi. Bu haqda E-evros.gr portaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Avtobus mamlakat shimoli-sharqidagi Aleksandropulis shahridan Orestias shahriga borish uchun yo‘lga chiqqan. Chaqmoq chaqishidan keyin haydovchi barcha yo‘lovchilarni zudlik bilan avtobusdan chiqargan. Natijada hech kim jabr ko‘rmagan.
Avtobus butunlay yonib ketgan. Olovni o‘chirishda yong‘in xavfsizligi xizmatining 18 ta xodimi qatnashdi va 6 xil texnik vositadan foydalanilgan.
Izoh (0)