Tojikiston aholisi soni 9 millionga kishiga yetdi. Bu haqda “News.tj” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, mamlakatning 9 millioninchi aholisi 25-may kuni Dushanbedagi tug‘uruqxonalardan birida dunyoga kelgan.
“Tojikiston Statistika agentligidan ma’lum qilishlaricha, hozirga kelib mamlakat aholisi soni 9 million 30 kishiga yetib ulgurgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, Tojikiston tug‘ilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha sobiq Ittifoq respublikalari orasida yetakchi hisoblanadi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakat aholisi har yili 2,2 foizga yoki 200 ming kishiga ko‘payadi.
Izoh (0)