Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12-iyun kuni Singapurda uchrashadi. Bu haqda uning o‘zi Oq uyda Venesuelada ozod qilingan AQSh fuqarosi qabulidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
AQSh prezidenti KXDR bilan muzokaralar “juda yaxshi” ketayotganini bildirgan.
KXDR yetakchisi Kim Chen In ham ham Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan muzokaralari davomida Tramp bilan uchrashish niyatini tasdiqladi.
Oldinroq Oq uy vakillari AQSh—Shimoliy Koreya sammitini tayyorlash uchun Singapurga uchib ketishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)