Shri-Lankadagi kuchli yog‘ingarchiliklar va bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafargacha ko‘paydi, 128 mingdan ziyod aholi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shri-Lanka Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish markazi vakili Pradip Kodipillining so‘zlariga ko‘ra, 55 mingdan ziyod kishi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, noqulay ob-havo sabab 4 mingdan ziyod uyga ziyon yetgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Shri-Lankada musson yomg‘irlari mavsumi davom etmoqda. Mamlakat meteorologiya xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik miqdori 150 millimetrdan ham oshib ketishi mumkin.
Izoh (0)