Toshkentda Zarafshon ko‘chasining Sayilgoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan uchastkasi piyodalar hududiga aylantirildi. Ilgari bu yerda avtoturargoh joylashgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Shu haftada Matbuotchilar ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan yo‘l ochilganidan so‘ng turargoh tugatildi, Zarafshon ko‘chasiga kirish oldida esa beton to‘siqlar o‘rnatildi.
Shunga qaramay, shaharliklar “Poytaxt” savdo markazi oldidagi bepul umumiy turargohdan foydalanishi mumkin.
Shaharliklarga yangi piyodalar hududi ma’qul keldi. Trotuarlarda ko‘cha musiqachilari paydo bo‘ldi, odamlar kechalari sayrga chiqa boshladi.
Shaharliklar yangi hududi boyitish borasida turli fikrlar ilgari surmoqda. Asosan ko‘cha bo‘ylab do‘konlar va chiqindi tashlanadigan urnalar o‘rnatish taklif qilinmoqda. Shuningdek, bir musiqachi qiz ko‘chaning o‘zida pianino o‘rnatish fikrini aytib o‘tdi.
Izoh (0)