Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 22-may kuni kollej o‘quvchilari M.Yu. va K.M. Max Exam MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan M.Q. va O.X.ga tegishli Yamaha rusumli motosikllarni haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
M.Yu. motosiklni Cho‘ponota ko‘chasida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmagan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. To‘qnashuv oqibatida jarohat olgan M.Yu. voqea joyida vafot etgan. Uning sherigi K.M. esa qo‘lga olingan.
Izoh (0)