• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    19 yil umrini qamoqda o‘tkazgan “Hizbut-tahrir” a’zosi Toshkentga, uyiga qaytdi. Biroq qasamidan voz kechmasligini bildirdi

    Minbarda komissiya a’zolari, o‘rtadagi stulda “Hizbut-tahrir” diniy ekstremistik oqimiga aralashib, jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan 18,5 yil panjara ortida umrini xazon qilgan erkak. Bu haqda O‘zA muxbiri Anora Sodiqova hikoya qilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    U 44 yoshda. Bugun oilasi davrasiga qaytgan. Ozodlikdan mahrum etilganda 4 yosh bo‘lgan farzandi bugun 21 yoshli yigit, uylanish arafasida. Salkam 19 yil ichida uning ayoli ikki o‘g‘lini yolg‘iz katta qildi.

    Stulda xuddi mahbuslardek boshini egib o‘tirgan kishiga qarab, o‘ylayman: farzandlari “Otam qani”, deb onasini necha bor qiynadi ekan? Hovlilari nurab ketgandir, turmushning og‘ir kunlarini yolg‘iz boshi bilan qarshi olgan ayoliyam zaiflashib, keksayib qolgandir... Bugun oilaning kattasi uyga qaytgan-u, biroq begonadek. Komissiya uni suhbatga tortadi:

    — Qilgan qilmishingizdan afsusdamisiz?

    — Yo‘q, fikrlarimni xato deb bilmayman.

    — Shuncha umringizni zoye o‘tkazdingiz. “Hizbut-tahrir”dan qaytmadingizmi?

    — Qaytmadim. Men o‘z g‘oyalarimni to‘g‘ri deb bilaman.

    — Qasam ichganmisiz?

    — Ha, dorisman (shogird ma’nosida bo‘lsa kerak).

    Komissiya a’zolari orasida din bo‘yicha mutaxassis unga yuzlanadi:

    — Birinchi nozil bo‘lgan surani bilasizmi?

    — Yo‘q, o‘qimaganman...

    — Birinchi nozil bo‘lgan buyruqni, kalomni bilasizmi?

    — Ha, “Iqro”.

    — “Iqro” “O‘qi” degani, siz shu birinchi nozil bo‘lgan buyruqqa amal qildingizmi?

    — Yo‘q...

    — Ota-onangiz ham sizni diniy qarashlaringizni qo‘llab-quvvatlaydimi?

    — Yo‘q.

    — Demak, ota-onangiz sizdan norozi, shu to‘g‘rimi?

    — Ular meni diniy qarashlarimni tushunishmaydi.

    — Qanday diniy kitobni o‘qigansiz?— ....

    — Bizning qaysi ulamolarimiz “Hizbut tahrir” oqimida bo‘lgan? Al-Buxoriy risolalarida “Hizbut tahrir” haqida bironta fikr uchramaydi. Sizni hozirda erkinlikda yurib, Allohning 5 farzini bajarishingizga nima, kim to‘sqinlik qilyapti?

    — Hech kim xalaqit qilayotgani yo‘q.

    — O‘zingiz o‘ylang, salkam 19 yil umringizni qamoqda o‘tkazdingiz. Shu vaqt ichida ozodlikda yurib ko‘proq yaxshilik qilishingiz mumkin edi. Ota-onangiz tirik ekan, ularning xizmatlarini qilib savob olishdek imkoniyatga egasiz. Bugun “Hizbut-tahrir” fikrlardan qaytmagan bo‘lsangiz, bizni gunohkor adashgan bandalar, deb bilsangiz ham biz sizga yordam qo‘lini cho‘zamiz. Keling, shu g‘oyalaringizdan voz keching. Masjidga kelib istasangiz, islom dini mutaxassislarimizdan ilm oling. Haqiqiy islomni anglang.

    — Yo‘q, qasamimdan voz kecha olmayman.

    Suhbat davomida din mutaxassislari Nodirga (ismi o‘zgartirilgan) adashib, noto‘g‘ri ichilgan qasamdan qaytish va uning kaforati haqida tushuntirdi. Biroq, Nodirning o‘zi shu xonada-yu, uning xayollari hamon o‘sha oqimning g‘oyalari bilan banddek edi, nazarimda.

    Komissiya a’zolari orasida bo‘lgan Toshkent shahar otinoyisi ham erkakning oilasi va farzandlari bilan qiziqadi. Savollarga beparvo javob qaytargan Nodirning ertasi kuniga ham katta umid va yaxshi rejalar bilan qaramayotganini sezish mumkin edi.

    Komissiya a’zolari yana ancha pand-nasihat qildi. Uni ishga joylashda, davolanishda davlat ko‘maklashishga tayyorligini aytdi. Hayotda nimadan norozligi so‘raldi. Qanchalar urinilmasin, bu inson o‘z fikridan, ongiga allaqachonlar o‘rnashib bo‘lgan g‘oyadan qaytmadi.

    Minbarda o‘tirgan komissiya a’zolari va chetdagi adashgan fuqaro o‘rtasida qalin, ko‘rinmas devor borligi sezilib turardi, u suhbat so‘ngigacha saqlanib qoldi. Komissiya a’zolari orasida o‘tirgan, suhbatni kuzatgan psixologlarning fikricha, ular yo‘ldan adashgan, umrini eng navqiron qismini panjara ortida o‘tkazgan, atrofidagilardan, jamiyatdan norozi toifadir. Shuning uchun, muammoga boshqacha yondoshuv kerakligini, adashgan fuqaroni alohida ajratib emas, u bilan tengma-teng o‘tirib, unga yaqinlashib, uning ko‘ngliga yo‘l topgan ma’qulligini aytishdi.

    Bu odamlarning ko‘ngiliga yanada yaqinroq kirish, ularni jamiyatga qaytarishda harakatni to‘xtatmaslik kerak. Ular adashgan bo‘lsa-da, shu yurtning fuqarosi, oramizdagi odamlardan biri. Qachonlardir biz ularga befarqlik qilib, nojo‘ya tashkilotlarga aralashib qolishiga yo‘l qo‘yib berganmiz.

    Xona chekkasida stolda boshini egib o‘tirgan erkakning g‘amgin yuzlari, jamiyatdan chetda qolganini his etib turgan ko‘zlari yodimdan ketmaydi. Unda g‘amginlik va shu bilan birga qaysarlikni ham sezish mumkin edi. Uningcha, u faqat to‘g‘ri yo‘lda-yu, boshqalar adashgan. U shu qaysarligi tufayli 19 yillik umrini panjara ortida o‘tkazdi. Jazo muddatini o‘tash hududida u yorug‘, erkinlikdagi hayotdan allaqachon umid uzganini aytadi. Lekin jamoatchilik undan voz kechmadi, unga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Uni yana oilasi bag‘riga qaytishga imkon berdi...

    Toshkentning “Shayx Zayniddin” jome’ masjidida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov va masjidning din ulamolari, otinoyilarning 159-modda bilan ozodlikdan mahrum etilib, jazoni o‘tab kelgan fuqarolar bilan bo‘lgan uchrashuvdan. Mazkur suhbat “Hokimning bir ish kuni” loyihasi asosida tayyorlandi.

    25.05.2018, 20:01   Izoh (0)   163348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 16 yil farzand kutgan bir oila birvarakayiga uch o‘g‘illik bo‘ldi

    25.05.2018, 19:49

    Farg‘onada o‘gay uka opasini tunadi

    25.05.2018, 19:11

    “Yosh o‘t o‘chiruvchi—2018”ning Toshkent shahar bosqichida Chilonzor va Yunusobod o‘quvchilari birinchi bo‘ldi

    25.05.2018, 18:49

    “Grin-kard” kimga eng ko‘p beriladi? O‘zbekiston va sobiq ittifoq mamlakatlari (reyting)

    25.05.2018, 16:45

    Surxondaryo, Buxoro va Samarqandda quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi

    25.05.2018, 16:18

    Rossiyalik Yevgeniy Birger “O‘zbekiston pochtasi” direktori etib tayinlandi

    25.05.2018, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.