O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi tizimini xususiy kompaniyalarni jalb qilgan holda rivojlantirish boshlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozmoqda Spot.
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun xususiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha maqsadli dasturlar 2019-yilning sentabr oyigacha ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Xususan, biznes vakillari haydovchilar va yo‘lovchilar uchun dam olish joylari, kempinglar, motellar, AYoQSh va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish uchun imtiyozli shartlarga ega bo‘ladi.
Xususiy kapital harakatni monitoring qilish tizimi, yuz va raqamlarni tanuvchi “aqlli” videokuzatuv tizimlarini ishlab chiqish uchun ham jalb qilinadi.
Qarorda yo‘llarning alohida qismlarini yoritish uchun quyosh panellarini o‘rnatish masalalarini ishlab chiqish ham belgilab qo‘yilgan.
Izoh (0)