• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda AQSh banklari va agrar universiteti filiallarini ochish masalalari muhokama qilindi

    Innovatsion rivojlanish vazirligida AQSh Xalqaro rivojlanish agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Garri Robbins bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Janob Robbins suhbatni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarning shiddatini e’tirof etishdan boshlab, “bu o‘zgarishlarni kuzatarkanmiz, qanday qilib shuncha islohotlarga ulgirayotganingizdan hayratdamiz” deya lutf qildi. Shavkat Mirziyoyevning ikki hafta burun AQShga rasmiy tashrifini ikki davlat o‘zaro munosabatlaridagi tarixiy voqea ekanini aytdi. Prezidentning AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida o‘tkazgan ikki tomonlama uchrashuvlariga yuqori baho berdi.

    Innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov olim va ilmiy-tadqiqot institutining rahbari sifatida USAID bilan hamkorlik tajribasiga ega ekani, o‘zi ham AQSh universitetlaridan birida ta’lim olganini aytib, O‘zbekistonda AQShning agrar universitetlaridan birini ochish masalasini ijobiy hal etish bugungi kun talabi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy o‘g‘itlash texnologiyalari, genomikaga doir yangiliklar, GPS uskunalari, kompyuter orqali boshqariladigan tizimlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi.

    Vazir O‘zbekistonda paxta urug‘chiligida erishilgan yutuqlar haqida gapirarkan, mamlakatda yangi innovatsion texnologiya asosida yaratilgan yangi g‘o‘zaning paxta tolasi sifati jihatdan jahonda yetakchi ekanini, bu navlardan yetishtirilgan paxtaning tolasi uzun va ingichkaligi bilan ajratib turishi, dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, AQShda ham bu texnologiyaga qiziqish juda katta bo‘layotganini aytdi. O‘zbekiston olimlari, ixtirochilarining ilg‘or g‘oyalari, yaratgan texnologiyalarini chet daavlatlargaa eksport qilish zarurligini ta’kidladi.

    Muzokaralarning keyingi qismi iqtisodiy soha borasida bo‘ldi. AQShda ta’lim olib, qariyb 20 yil davomida AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya davlatlarida moliya sohasida yuqori lavozimlarni egallab kelgan Innovatsiya vazirining o‘rinbosari Otabek Nazirov bank tizimini tubdan o‘zgartirmay turib mamlakat iqtisodini yuqoriga ko‘tarish mumkin emasligi, bank sohasini rivojlantirish uchun esa horijdan sinalgan tajribalarni O‘zbekistonda tatbiq etish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi. U AQShning nufuzli banklarini O‘zbekistonda filiallarini ochish masalasida janob Robbinsga murojaat qilib, bu masalani tez sur’atlarda hal qilinishi uchun tomonlar birgalikda qadamlar tashlashlari lozimligini aytdi.

    Garri Robbins o‘z navbatida soliq sohasida ro‘y berishi kutilayotgan islohotlar O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga turtki bo‘lishi, 15 yil davomida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pastga tushishidan keyin oxirgi ikki-uch yilda yuqoriga o‘sish bo‘layotganidan xursandligini aytib, USAID O‘zbekiston bilan hamkorlikka shay ekaniga alohida urg‘u berdi.

    So‘ng tomonlar atrof-muhit muhofazasi sohasiga to‘xtaldi. O‘zbekiston Orol bo‘yi mamlakatlaridan biri bo‘lgani uchun uning ekologik ahvoli og‘ir ekani, qurg‘oq yerlarni obodlashtirish, qurib qolgan o‘zanlarni to‘ldirish kabi muammolarni hal qilish uchun shu sohadagi dunyoning eng zo‘r mutaxassislarini jalb qilish zaruriyati haqida gapirildi. Qurg‘oq yerlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan muhandislarni O‘zbekistonga taklif qilish, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Uchrashuv so‘ngida vazir mehmonga mamlakatda yetishtirilgan paxta tolasidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulot — oppoq futbolka hadya qildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikka umidlari katta ekanini yana bir bor ta’kidlab, keyingi muzokaralargacha xayrlashdi.

    25.05.2018, 15:42   Izoh (0)   7569
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qahramon Akmalov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    25.05.2018, 15:16

    Aziz Aliyev O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsuli etib tayinlandi

    25.05.2018, 15:00

    “Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish”. O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari “hayratlanarli ish” haqida gapirdi

    25.05.2018, 14:53

    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 14 nafar faol a’zosi davlat granti asosida o‘qishga kiradi

    25.05.2018, 14:48

    Xiva xonligidan Rossiyaga borishga ijozat beruvchi pasport kimga berilgan?

    25.05.2018, 14:26

    Sirdaryoda Spark’ning shartnomasi uchun “shapka” so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi

    25.05.2018, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.