Aziz Aliyev O‘zbekistonning Bangkokdagi (Tailand) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Aziz Aliyev bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidagi (ESKATO) vakilidir.
Bungan qadar Aliyev Tashqi ishlar vazirligining BMT ishlari va xalqaro tashkilotlar departamenti bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)