Qahramon Akmalov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.
“Gazeta.uz”ning hukumatdagi manbaga asoslanib xabar berishicha, bu haqdagi farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Ma’lumot uchun, Qahramon Akmalov 2017-yil noyabrida bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha u Hisob palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Izoh (0)