AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bilan hamkorlik qiluvchi “Suriya demokratik kuchlari” IShIDning fransiyalik xavfli a’zosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Jangari Parij va Nitssadagi teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Abu Usama al-Faransiy taxallusli Adrian Lionel Kiyali boshchiligidagi terrorchilar guruhi qo‘lga olingan. Guruh yetakchisi Parijda 2015-yil noyabr oyida ham Nitssada 2016-yil 14-iyulda yuz bergan teraktlarda asosiy rolni bajargan.
Ta‘kidlanishicha, jangari bilan birga uning rafiqasi ham qo‘lga tushgan. Terrorchi Suriyaning Raqqa shahrida yashirinib, Turkiya hududi orqali Yevropaga qaytib ketish imkoniyatini kutgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)