Buyuk Britaniyadagi eng keksa ayol Jessi Kamm 113 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ayol Roterem shahrida o‘zining 114 yoshiga olti hafta qolganida vafot etgan.
U 2016-yilda Buyuk Britaniyadagi eng keksa ayol sifatida e’tirof etilgan edi.
Kamm 1904-yilda tug‘ilgan edi. U hamshira bo‘lib ishlardi.
Jessi Kamm uzoq umr ko‘rish sirini og‘ir mehnat, yaxshi insonlar qurshovida yashash va mazali taomlar iste’mol qilishda deb bilardi.
Izoh (0)