Iroq sobiq rahbari Saddam Husaynning Basrah Breeze (“Basra shabadasi”) nomli superyaxtasini sota olishmadi va uni mehmonxonaga aylantirishdi, deb yozadi Reuters.
Yaxta urush vaqtida o‘qlardan zarar ko‘rmasligi uchun 2003-yilda Saudiya Arabistoniga olib ketilgan, u yerdan 2010-yilda qaytarib olib kelingan va 30 million dollarga sotuvga qo‘yilgan. Bir necha yillar davomida kema uchun xaridor chiqmagan, oxir-oqibat, mamlakat hukumati uni mehmonxonaga aylantirishga qaror qilgan.
1981-yilda suvga tushirilgan yaxtada mehmonlar uchun 17 ta kichik kayuta, ekipaj uchun 18 ta kayuta, shuningdek, yemakxonalar, yotoqxonalar va Saddam Husayn foydalangan boshqa xonalar bor.
Iroq hukumati qarori bilan yaxta Basrada iroqlik dengizchilar uchun xizmat qiladi, ular reyslar oralig‘ida boshqa joylarga borishga vaqt ketkazmaslik uchun mehmonxona yaxtada dam olishi mumkin: dengizchilarning ko‘pchiligi sohilbo‘yidan ancha olisdagi shaharlarda yashaydi.
Izoh (0)