Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashagan I.S. o‘zining Damas mashinasini Poloson qishlog‘i markazida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan I.A. boshqaruvidagi “GAZ-3507” rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
YTH oqibatida I.S. yaralanib, kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.
Damas’ning ikki nafar yo‘lovchisi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)