• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zA: Nogironlar jamiyatda begona bo‘lib qolmoqda

    O‘zA milliy axborot agentligi jamiyat e’tiboridan chetda qolayotgan odamlar — nogironlar haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    15 yoshli Umidjonning ota-onasi tug‘ma kar-soqov. Singlisi Shirin, ukasi Aslbekda bunday nuqson yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, ular karlar uchun qurilgan yotoqxonada yashashga mahkum. Balki bu yotoqxonada yashash uchun yetarli sharoitlar bo‘lganida, ularning guldek yuzida g‘am-alam bo‘lmasmidi?

    — O‘ymakorlikni o‘rganish uchun to‘garakka borayotgandim, – deydi Umidjon. – Buning uchun har oyga yuz ming so‘m to‘lash kerak. Bunga ota-onamning imkoni yo‘q. Ularning har ikkalasi ishlagani uchun, mahalla kam ta’minlagan oila, deb spravka bermadi. Agar shu qog‘oz bo‘lganda meni to‘garakka qabul qilishardi. Hozir uyda singlim va ukamning darsini qildirib, ularga qarab o‘tiraman.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qiziq, ota-ona nogiron, uch farzand bilan yotoqxonaning bir xonasida amal-taqal yashayotgan bo‘lsa-yu, kam ta’minlaganlar qatoriga kirmasa. Unda bunday e’tirofga kim sazovor bo‘lar ekan-a!?. Balki belgilangan me’yorlarni, qandaydir normalarni o‘zgartirish vaqti kelgandir. Axir hayotiy haqiqatlardan ko‘z yumadigan davrdan o‘tayapmiz. Mutasaddilar, qonunshunoslar ham o‘ylaydigan masala bu.

    Shu o‘rinda aytish kerakki, yotoqxonaning bir kishi yashashi uchun mo‘ljallab qurilgan xonalarida qirqdan ziyod bolalar ota-onasi bilan yashamoqda.

    Anvar sakkiz yoshda. Artyom 3-sinfda o‘qiydi. Oybek o‘n yoshda. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ular bilan suhbatlashsangiz, har birining o‘ziga xos orzulari bor. Orzulari turlicha bo‘lsa-da istaklari yagona. Bu – alohida oshxonasi, navbat bo‘lmaydigan yuvinish xonasi, oldida bolalar maydonchasi bor uyda, o‘z oilasi bilan baxtli yashash.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Axir, bu bolalar aqlini tanibdiki, hojatxonasi, oshxonasi, yuvinish xonasi umumiy bo‘lgan, 1958-yilda qurilgan yotoqxonada yuzini yuvish uchun ham navbat kutib yashab kelmoqda.

    Qariyb 60 yil ichida nurab, to‘kilayozgan to‘rt qavatli yotoqxona hayoti mazmunsiz bir bo‘shliq domiga singib ketayotgandek go‘yo.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Orzuim doktor bo‘lish edi

    Bundan 27 yil avval dunyoga kelgan Go‘zal ota-onasi kar-soqov ekanidan bexabar edi. Yillar davomida so‘zga chechan qizaloq bo‘lib o‘sdi. Boshqa bolalar kabi ota-onasi uni ham erkalab chaqirishini har qancha istamasin, bunday baxt unga nasib etmagan ekan. Taqdir hukmiga bardoshi yetib-yetmay voyaga yetayotgan qizaloq ulg‘ayib, aqlini tanigani sari ota-onasiga qarab, yuragi ezilar, qalbi og‘riq va alamdan yig‘lardi.

    Yillar o‘tdi. Kasb-hunar kollejiga hujjat topshirish vaqti kelganida Go‘zal Toshkentga borib tibbiyot yo‘nalishida tahsil olish istagini bildirdi, ammo unga omad kulib boqmadi. Qarshiga qaytib ketdi. Uch yildan so‘ng ToshMIga hujjat topshirdi. Omadsizlik bu gal ham unga hamroh bo‘ldi. Kurashga bel bog‘lagan Go‘zal ortga qaytishni istamasdi. U repetitorda tahsil olishni boshladi.

    Go‘zal yolg‘iz farzand bo‘lgani sababli ota-onasi undan xavotir olar, qiz ham ularni qanday hayot kechirayotganini o‘ylab tashvishlanardi. Farzandi uchun hamma narsaga tayyor ota-ona 2008-yilda Toshkentga keldi. Ular karlar jamiyatining 1-sonli yotoqxonasiga joylashdi. Shu yerdan ish ham topildi. Ona — farrosh, ota — bog‘bon bo‘ldi.

    Ketma-ket omadsizlikka uchrayvergan Go‘zal 2012-yilda taslim bo‘ldi. U surdo-tarjimon sifatida faoliyat yuritishga qaror qilib, O‘zbekiston karlar jamiyatidan ruxsatnoma va sertifikat oldi. Axir, u tayyor tarjimon edi-da. Bu vaqtda otasi olamdan o‘tib, oilani ta’minlash uning zimmasida qoldi.

    Dunyoda yaxshi odamlar bor bo‘lsin. Yashnobod tumanidagi avtomaktabda imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Go‘zalni ularga dars berish uchun taklif qilishdi.

    — Onam gapirmasa-da dunyoda yuz berayotgan voqealarga juda qiziqadi. Onam ham yon-atrofimdagilar ham “Davr”, “Axborot”, “Zamon” kabi ko‘rsatuvlar, ayrim seriallarni surdo-tarjimasi bo‘lishini juda xohlaydi, – deydi Go‘zal.

    Go‘zalning ota-onasini davolash, ularni va shunday bemorlarni tilga kiritish borasidagi orzusi amalga oshmadi. Balki, ko‘rsatuvlarning surdo-tarjima bilan berilishi haqidagi orzusi amalga oshar... Tag‘in kim bilsin.

    To‘kin hayot emas, shunchaki oddiy hayot kechirishni istayotganlar

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bobosher Annayev — u ham shu yotoqxonada yashaydi. Bobosher avtohalokatga uchraganda o‘ttiz yoshli, kuchga to‘lgan yigit edi.

    — Baxtsiz hodisa tufayli mana uch yildirki, qo‘ltiqtayoqdan ajrala olmaydi. Uch yuz ming so‘mdan ortiqroq pensiya pulini nimaga yetkazishga hayron, dorigami, oziq-ovqatgami va yoki yotoqxona uchun to‘lashganmi?..

    Yangi ust-bosh olmaganiga ham mana yillar bo‘lib ketdi. Ha, yurolmasa, nogiron bo‘lsa, yangi kiyim nega kerak? Xabar oladigan ota-onasi, yaqinlari ham yo‘q. U chin yetim.

    — Yo‘l chetida turganimda mashina kelib, urildi, – deydi Bobosher. – Uch oy kasalxonada yotdim. Avvaliga haydovchi xabar olib turdi. U mansabdor insonning farzandi ekan. “O‘zim sizni davolataman, faqat sudda da’voim yo‘q, deb yozib bering, iltimos, qamalib ketmay”, deb yalindi. Aytganini qildim. Shu tariqa suddan chiqqach, uni qaytib ko‘rmadim. Oyog‘imda birinchi operatsiyada qo‘yilgan, yetti oydan keyin olinishi kerak bo‘lgan temir hali ham turibdi. Uni operatsiya qilib, oldirish uchun pulim yo‘q. Agar o‘z vaqtida ikkinchi va uchinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazganimda hozirda sog‘ayib ketgan bo‘lardim. Kimdir aytgan-ku: “Hamma narsa barbod bo‘lgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor”, deb. Mening ham hamma narsam barbod bo‘ldi faqat umidim qoldi, xolos.

    — Bobosherni nogironlar uyiga o‘tkazish uchun hujjatlar yig‘yapmiz, – deydi yotoqxona bekasi Zamira Safarova. – U yerda sharoit yaxshiroq. Karlar jamiyati bu yigitga ko‘mak bera olmaydi. Yaqinda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatidan kelib, Bu yigitning ahvolini ko‘rishdi. Hozir ularning ko‘magida operatsiya o‘tkazilishini kutyapmiz. Tuman kengashi deputati va prokuror bizdan xabar olib turibdi.

    Toshkent shahrida 300 ming so‘m bilan oila boqib bo‘ladimi?

    Xalq deputatlari Olmazor tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Sagatov bilan bu borada suhbatlashdik.

    — Biz Olmazor tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori bilan hamkorlikda O‘zbekiston karlar jamiyatiga qarashli 1-sonli o‘quv ishlab chiqarish korxonasi yotoqxonasida eshitish va gapirishida nuqsoni bor fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdik, – deydi deputat. – Bu yerda yillar davomida juda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgan. Misol uchun qancha vaqtlardan buyon tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganlar juda ko‘p. Ular shifokorga kasalini tushuntirib bera olmagach, tarjimonsiz bormaydi. Yana bir jiddiy masala ularning doimiy ro‘yxatga olinmagani. Yotoqxonada tug‘ilib, o‘sib, shu yerda oila qurib yashayotganlar ham bor.

    Eshitish va gapirishida nuqsoni bor yoshlar uchun eng og‘ir masala ularni kasbga yo‘naltirish va ishga joylashtirish bo‘lib turgani haqida kuyunib so‘zlagan deputat yana ba’zi bir holatlarni ham sanab o‘tdi.

    — Eshitish va so‘zlash qobiliyati bo‘lmagandan keyin insonning bor kuchi bilagiga yig‘iladi, – deydi Baxtiyor aka. – Bu insonlar juda baquvvat. Negadir, ularga mehnatga layoqatsiz, ikkinchi guruh nogironi degan hujjat beriladi. Bundan insonlarga esa ishlashga ruxsat berilmaydi. Mehnatga layoqatsiz yozuvini ko‘rgan har qanday korxona huquqshunosi ishga olishdan voz kechadi. Yo‘qsa, tekshiruv kelsa, bunday hujjat bilan ishga olgani uchun katta soliq to‘laydi.

    Xo‘p. Propiskasiz, ishsiz, hunarsiz, zabonsiz, davlat beradigan uch yuz ming so‘mdan ziyodroq maoshga oilasini tebratayotgan inson nima qiladi?.. Bir amallab avtoturargohga yoki bozorda arava sudrashga joylashadi. Bunday ishni topish ham hammaga nasib etmaydi. Shu holatda bu insonlar uy olishi mumkinmi. Yo‘q, ular hatto arzon uylarni ham olaolmaydi. Yordam berishga harakat qilib ko‘rdim. Joylardagi vakillar bilan gaplashsam “Aka, esingiz joyidami? Ularning tayinli ish joyi, propiskasi yo‘q bo‘lsa, ertaga bu uylarni to‘lovini qanday to‘laydi. Uzr yordam berolmaymiz, ularga tegishli hech qanday hujjat yo‘q”, deb eshitishni ham istamaydi. Shunday bo‘lgach, bu odamlar jamiyatda begona bo‘lib qolmoqda.

    Mutasaddi rahbar kar-soqovlarni “dangasalar” deb atadi

    Yotoqxonadagi achinarli ahvolni ko‘rgach, ularning ish sharoiti bilan ham yaqindan tanishish uchun Toshkentdagi karlarning 1-son o‘quv ishlab chiqarish korxonasiga bordik. Korxona rahbari Anvar Salimov bizni shart-sharoit bilan tanishtirdi. Bir gektar maydonda joylashgan bino inshoatlarning ahvolini ko‘rib, o‘tgan asrlarga tushib qolgandek bo‘ldik.

    Salimovning aytishicha, bu yerda 300 tadan ortiq ishchi o‘rni tashkil qilish imkoni bor ekan. Ayni vaqtda esa salfetka, mebel ishlab chiqarish sexlarida 66 ishchi, shundan 43 nafar kar-soqov mehnat qilayotganini aytdi. Afsuski, biz ularning o‘nga yaqinini ko‘rdik xalos.

    Korxona hududidagi bir qator binolar ijaraga berilgani, ularda qizg‘in ish borayotgani bizni qiziqtirdi. Saqich, hammom uchun vanna ishlab chiqarilayotgan sexlar va yonida bir nechta xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho avtomobillar turgan tarafga o‘tishga Salimov izn bermadi: “U yerlar ijaraga berilgan, o‘tish mumkin emas”.

    Korxona rahbarini savolga tutamiz. Yotoqxonani ko‘rdik. Sharoitlar qoniqarsiz? Kamiga issiq suv haftasiga bir marta berilar ekan?

    Rahbar bu gaplarimizni rad etadi. Yaqindan boshlab, issiq suv haftasiga uch marta berilayotgani aytib, xarajatlarni to‘lash korxonaga qimmatga tushayotganini ma’lum qiladi. “O‘zlari uch yuz ming so‘mdan ziyodroq pensiya olayotgan bo‘lsa-da, har bir oila oyiga 100 ming so‘mdan ijara pullarini to‘layotgan bo‘lsa, nahotki shu kamlik qilsa?”, degan savolimiz esa javobsiz qoldi.

    Anvar Salimovdan ishchilarga qancha maosh to‘lanishini so‘raganimizda 400—500 ming so‘mdan, deb javob berdi. Yotoqxonadagilar 250—300 ming maosh beriladi, shuning uchun biz boshqa joydan ish qidirishga majbur bo‘lyapmiz, degani haqida aytib berganmizda, “Ey, bu gaplar yolg‘on, ular o‘zi dangasa”, deb qo‘l siltab qo‘ya qoldi.

    Qorni to‘qning qorni och bilan ishi yo‘qmi?

    Korxonadan savollarga javob topib emas, yanada ko‘proq savollar bilan qaytdik. Nahotki, Prezidentimiz har bir inson haqida qayg‘urib, “Xalqimiz ertaga, kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak”, deb ta’kidlab turganda eshitish va gapirishida nuqsoni bor fuqarolarga yuvinish uchun haftasiga bir marta issiq suv berish qaysi aqlga sig‘adi? Korxona rahbari yoki O‘zbekiston karlar jamiyatini boshqarayotgan mutasaddilar ana shunday sharoitda bir kun bo‘lsa-da yashay oladimi?

    Masalaning ildiziga chuqurroq kirib borish istagida kar-soqovlarning ta’lim olish jarayoni bilan ham qiziqdik.

    — Toshkent shahrida 102 va 106-sonli maktablar imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan, – deydi O‘zbekiston karlar jamiyati bosh mutaxassisi Marg‘ubjon Inog‘omov. – Bu yerda ular mehnatga o‘rgatiladi. Asosan tikuvchi, mebelchi va poyabzal ta’mirlovchi ustalar tayyorlaymiz.

    Qiziq, nega bu qadar tor doiradagi kasblar o‘rgatiladi? Ularning boshqa sohalarga layoqati yo‘qmi?

    Bu savollarga javob yo‘q. Lekin yana bir masala yuzaga keldi.

    — O‘zbekistonda 23 ming nafar kar-soqov bo‘lsa-da, ularga atigina 50 nafar surdo-tarjimon bor, – deydi jamiyatning surdo-tarjimoni Gulnora Mahkamova. – Hech bo‘lmasa, uch yuzta ana shunday tarjimon kerak. Bunday mutaxassislarni tayyorlash oson emas, buni tushunamiz. Lekin muammoning yechimi sifatida eshitish va gapirishida nuqsoni bor fuqarolarning farzandlarini maktabda o‘qitish bilan birga surdo-tarjimon qilib tayyorlasa bo‘ladi. Axir so‘zlasha oladigan bu bolalar ota-onasiga tayyor tarjimon-ku. Agarda ularga sertifikat berilsa, ular boshqalarga ham yordam beradi. Shu tariqa bir muammoning oson va arzon yechimi topiladi.

    Poytaxtning yuragidagi tumanda joylashgan bu yotoqxona misolida yillar davomida yechimini kutayotgan shu qadar ko‘p masalaga duch keldikki, gapni qaysi biridan boshlab, qaysi birida nihoyalashni bilmay, ancha boshimiz qotdi. Imkon darajasida oydinlik kiritishga harakat qildik.

    Eng achchinarlisi, bu hali Toshkentdagi, sharoitlari yaxshi viloyatdagilar intilayotgan yotoqxonaning ahvoli. Shaharning qoq markazidaki, ahvol shunday bo‘lgach, boshqa hududlardagi vaziyatni o‘zingiz tushunib olaverasiz.

    Eng qizig‘iga endi keldik. 1994-yildan buyon eshitish va gapirishida nuqsoni bor fuqarolarning birortasi doimiy ro‘yxatga olinmagan, uy-joy bilan ta’minlanmagan. Faqat gapira olmagani uchun mehnatga layoqatsiz, deya arzimagan pensiya tayinlab, ularning mehnat qilish imkoniyatiga ham qoidalarga binoan cheklov qo‘yilgan. O‘zbekiston karlar jamiyatining mas’ullari esa negadir jim turavergan.

    Biz o‘rganib chiqqan muammolar haqida aslida ular jar solishi, hammani e’tiborini tortishi kerak emasmidi..?

    Sayyora Shoyeva

    21.05.2018, 10:47   Izoh (0)   17587
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi inspeksiya bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qildi

    21.05.2018, 10:25

    “Islom.uz”: har xil bahonalar o‘ylab topish va ro‘za tutishga qo‘rqish kerak emas

    21.05.2018, 10:15

    Jomboyda yuz bergan yong‘indan so‘ng mehmonga kelgan erkakning jasadi topildi

    21.05.2018, 10:08

    “Islom.uz” ustoz Salohiddin domla Sharipov nomidan chiqqan yolg‘on xabarlarga raddiya berdi (video)

    21.05.2018, 09:54

    Polsha o‘zbekistonlik 3 ming nafar quruvchini ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

    21.05.2018, 09:46

    O‘zbekistonda harbiylarning farzandlariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilmoqda?

    21.05.2018, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23

    Kuchli shamol oqibatida Toshkent shahri va viloyatida qariyb 19 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:53

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    Salomatlik | 17 may, 21:25

    Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:00

    LG ikki qismga ajraladigan ramkasiz televizorni taqdim etdi

    Texnologiyalar | 17 may, 20:40

    Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 17 may, 20:20

    Superliga. Toshkentdagi jangovar bahsda “Buxoro” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 may, 20:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.