• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda harbiylarning farzandlariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilmoqda?

    Harbiylarning farzandlariga o‘qishga kirishda imtiyoz berilishi haqidagi Prezident qarori katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Adliya vazirligi bosh maslahatchisi Shahnoza To‘raxo‘jayeva shov-shuvlar qarorning o‘zi emas, undagi birgina “imtiyoz” so‘zi atrofida kechayotganiga munosabat bildirdi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Qarorni o‘qimaganlar yoki o‘qib tushunmaganlarga o‘sha imtiyozlar nimalardan iborat ekani va uning oddiy fuqarolarga foyda va zarari haqida sodda, xalqchil tilda tushuntirish kerak ekan (menimcha, hamma qonun hujjatlarining shunday “xalqona” matni bo‘lishi lozim).

    Avvalo, nega yana o‘qishga kirishda imtiyoz va nega yana harbiylarga?

    To‘g‘ri, hozir oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozli kategoriyalar ko‘payib ketdi: olimpiadachilar, zulfiyachilar, Yoshlar ittifoqi... Ularning har birini o‘z o‘rnida predmetli tahlil qilish kerak va bu maqola doirasiga kirmaydi. “Harbiylarning farzandlariga imtiyoz” degan jumla shu fonda boshqacha, noto‘g‘ri assotsiatsiyalar keltirib chiqaryapti. Lekin ayni qarorda vaziyat tamomila boshqacha.

    Qarordan iqtibos:

    “Harbiy xizmatchilarning yangi xizmatni o‘tash joylariga, shu jumladan, iqlim sharoitlari og‘ir bo‘lgan uzoq garnizonlarga ko‘chib o‘tishi natijasida, ularning farzandlari ta’lim muassasalarini doimiy ravishda o‘zgartirib turishadi, mazkur holat esa ular tomonidan olinayotgan bilimlar sifatiga ta’sir ko‘rsatmoqda”.

    Izoh ortiqcha. Sabab tushunarli bo‘ldi, nazarimda.

    Endi bevosita imtiyozlarga o‘tsak.

    Harbiylarning farzandlari belgilangan davlat grantlariga emas, ulardan tashqari ajratilgan o‘rinlarga kiradi. Masalan, bir yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatga 100 ta o‘rin ajratilgan (byudjet, kontrakt aralash), shunda shu yuztaning ustiga yana 5 ta harbiylarning farzandlari uchun grant o‘rni ajratiladi, ya’ni 105 ta talaba qabul qilinadi. Faqat o‘sha qo‘shimcha 5 ta grant asosida o‘qiydi, ya’ni tekinga;

    To‘g‘ridan to‘g‘ri kirib ketavermaydi. Qarorda “tanlov asosida qabul qilinadi” deb yozilgan. Ya’ni el qatori test topshiradi. Olaylik, biz yuqorida aytgan 5 ta o‘ringa 10 ta, 20 ta, hatto 50 ta ariza topshirilishi mumkin. Albatta, tanlov bo‘ladi-da. Lekin bu tanlov teng imtiyozli va teng sharoitlilar o‘rtasida, ya’ni harbiylarning farzandlari o‘rtasida bo‘ladi. O‘sha 5 talaba to‘plagan ballari asosida reyting tizimi bo‘yicha qabul qilinadi. Faqat harbiylarning farzandlari reytingi alohida bo‘ladi;

    Tavsiyanoma zarur. Ya’ni har qanday harbiyning farzandi bu imtiyozlarga da’vo qila olmaydi, albatta, o‘zi tegishli bo‘lgan vazirlikning tavsiyasi zarur. Vazirliklarga esa o‘ziga xos me’yorlar berilgan, joylar foiz hisobida taqsimlab chiqilgan, demak, istagancha tavsiya bera olmaydi. U yerda ham o‘ziga yarasha raqobat va tanlov bo‘ladi. Tavsiya bir umrlik emas, muddati cheklangan. Bir tavsiyanoma bilan uch yilgina o‘qishga kirishga urinish mumkin;

    Ikki karra imtiyoz mumkin emas. Masalan, harbiy ota o‘g‘lini imtiyozli o‘qishga kiritish uchun tavsiyanoma oldi, bu yoqda o‘g‘li ham harbiy xizmatni o‘tab, kirish ballari uchun imtiyoz oladi. Shunda nima bo‘ladi? U yigit ikkidan birini tanlashi kerak. Ikkala tavsiyanomani topshirsa, avtomatik ravishda o‘sha alohida 5 foiz uchun kurashadiganlar safiga o‘tadi. O‘tgan yilgidek, umumiy jangga kirib, imtiyozsizlarning noniga sherik bo‘la omaydi. Otasining tavsiyanomasidan voz kechib, o‘zining imtiyozidan foydalanmoqchi bo‘lsa, umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin shartnoma asosida o‘qish ehtimoli borligini ham biladi. Xullas, ham xo‘rdani, ham burdani yeyish imkoni yo‘q;

    Tanlovsiz qabul qilinadigan toifa ham bor. Bular harbiy burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan, yaralangan, kontuziya va boshqa shikastlar olganlarning farzandlari. Ya’ni jangda jonini tikkanlarning bolalari. Ular tanlovsiz qabul qilinadi;

    Qarorda 2018/2019-o‘quv yillaridan oldin o‘qishga kirgan va shartnoma asosida o‘qiyotgan harbiylarning farzandlariga vazirliklar va idoralar shartnoma pullarini to‘lab berishiga ruxsat etilgan. Ammo bu pullar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘lanadi, sizu bizning soliqqa to‘lagan pullarimizdan emas;

    Imtiyozlar iste’fodagi, pensioner harbiylarning farzandlariga qo‘llanmaydi, faqat xizmat qilib turganlarga nisbatan joriy etiladi.

    21.05.2018, 08:49   Izoh (0)   44146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ramazon oyida mahsulotlar narxining oshirib yuborilishi holati tanqid qilindi

    21.05.2018, 08:26

    Surxondaryolik haydovchi Angrenda sodir etgan YTHda ona-bola halok bo‘ldi

    21.05.2018, 08:25

    Denovda muqaddam sudlangan shaxs kollej o‘quvchisini pichoqladi

    20.05.2018, 23:39

    Toshkentda noyob qushlarni sotib katta foyda olishga ishontirgan firibgar 33 ming dollarni o‘zlashtirdi

    20.05.2018, 23:28

    Samarqandlik ayol 0,5 kg marixuana sotayotganda ushlandi

    20.05.2018, 23:22

    Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi

    20.05.2018, 18:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.