• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Islom.uz”: har xil bahonalar o‘ylab topish va ro‘za tutishga qo‘rqish kerak emas

    “Islom.uz” Ramazon oyini munosib kutib olish haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    Mana, barcha mo‘min-musulmonlar kutib turgan muborak Ramazon oyi kirib keldi. Bu ro‘za oyi biz uchun muborak vaqt, negaki bu oyda ibodat amalining mukofoti bir necha barobar ko‘paytiriladi.

    Biroq musulmonlarda Ramazon oyiga turli xil munosabat mavjud. Bir xillar uchun Ramazon oyi Yaratgan Egasiga puxtalik bilan va imkon kadar yaxshiroq ibodat qilish oyi bo‘lib, unda Allohning roziligiga erishishga harakat qilinadi. Ular uchun Ramazon oyi – muhim, bebaho, noyob va mushtoq bo‘lib kutilgan hodisadir. Ular barcha harakat va amallar uchun mukofot bir necha barobar berilishiga ishongan holda deyarli hamma vaqtini ibodatda va savob amallarni bajarishda o‘tkazadi.

    Boshqa xildagi odamlar ham borki, ular Ramazonni birmuncha g‘amginlik bilan “kutib oladi”. Ular yuragi siqilib, javrab, g‘ingshib ro‘zani o‘tkazadi. Katta qiyinchilik bilan yeyish, ichishdan tiyiladi va boshqa cheklovlarga rioya qiladi. Shuningdek ular masjidga kechki ibodat, tarovih va boshqa jamoa namozlariga zo‘rg‘a o‘zlarini sudrab boradi.  Shunga ular uchun Ramazon oyi – cheklovlar, muhtojliklar va qiyinchiliklar oyidir.

    Afsuslar bo‘lsinki, musulmonlarning yana bir toifasi ham borki, ular Ramazon oyi bilan umuman ko‘rishishni xohlamaydi. Ular ro‘za tutishni, masjidga borishni, tarovihda turish va boshqa ibodatlarni qilishni xohlamaydi. Ular turli xil asossiz dalillar bilan o‘zlarini ro‘za tutish farzidan ozod qilishga harakat qiladi. Ayrimlari havoning issiqligi va kunning uzunligiga dalil keltiradi, ayrimlar esa go‘yoki ro‘za sababli sog‘liqlari yomonlashganini bahona qilib o‘zlarini oqlashga harakat qiladi, ayrimlar uzoq vaqt yig‘gan vaznni yo‘qotishdan qo‘rqishini tushuntiradi.... shu kabi asossiz bahonalarni yana ko‘plab topish mumkin. Qancha ro‘za tutmaganlar bo‘lsa, shuncha bahona ham bor.

    Alloh taolo O‘zining bandalariga o‘zlari toqat qilolmaydigan vazifaga buyurmagan va ularga o‘zlari ko‘tara olmaydigan ishni yuklamagan, muborak Qur’onda aytilganidek (keltirilganidek):

    “Alloh hech qachon bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham kasbidan, zarari ham kasbidan” (Baqara surasi, 286-oyat )

    Shuning uchun turli xil asossiz dalillar keltirish, turli xil bahonalar o‘ylab topish va ro‘za tutishga qo‘rqish kerak emas.

    Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatiga Ramazon oyida ro‘za tutish to‘g‘risida oyat yuborilganiga bir ming to‘rt yuz yil bo‘ldi va shu vaqtgacha ro‘za insonlarga hech qanday qo‘rqinchli narsa olib kelmagan.

    Aka-ukalar va opa-singillar! Alloh taolodan qo‘rqinglar, o‘zingizni vaqtingizni nisbatan qadrsiz munosabatda bo‘lmang, o‘zingizni hayotingizni sizga foyda keltirmaydigan ishlarga sarflamang. Imkon boricha Oxirat uchun foydali bo‘lgan savob ishlarni qilishga harakat qiling aynan shu yo‘l bilan siz musulmonning eng asosiy maqsadi bo‘lmish Alloh Taoloning roziligiga erishasiz.

    Balkim bu sizni oxirgi Ramazoningizdir, kechirilishingiz va darajasini bizdan sir tutgan Alloh taoloning maxsus mukofotini olishingiz mumkin bo‘lgan oxirgi imkoniyatdir, Abu Hurayra (r.a.) keltirgan hadisi sharifda aytilganidek:

    “Inson (Odam avlodi)ning har bir amali uchun mukofoti o‘ntaga ko‘paytiriladi va hattoki yetti yuzga borishi mumkin. Alloh taolo aytadi: “Faqat ro‘za mukofoti bundan istisno, darhaqiqat bu (amal) Men uchun va O‘zim mukofotini beraman(negaki inson Men uchun ro‘za tutadi)” (Ibn Moja)

    Ramazon oyi – Alloh taoloning O‘zining bandalariga nisbatan oliyhimmat ne’matlarini namoyon bo‘lishidir.

    Bundan o‘zingizni hayotingizda keskin burilish sifatida foydalaning, yaxshi tomonga shakllanish sifatida foydalaning, sharmandalik gunohlaridan yuz o‘girib itoat va ibodatga buriling, chunki shu maqsad uchungina biz yaralganmiz.

    Alloh taolo Qur’onda aytgan:

    “Men jin va inslarni O‘zimga ibodat qilish uchun yaratdim”. (Zoriyot surasi, 56)

    Bizning solih o‘tmishdoshlarimiz Alloh taolodan olti oy Ramazon oyini kutib olish imkoniyatini so‘rashgan, keyin esa besh oy Alloh taolodan o‘zlarining Ramazon oyida qilgan savob amallarini va ibodatlarini qabul qilishini so‘rashgan.

    21.05.2018, 10:15   Izoh (0)   26424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jomboyda yuz bergan yong‘indan so‘ng mehmonga kelgan erkakning jasadi topildi

    21.05.2018, 10:08

    “Islom.uz” ustoz Salohiddin domla Sharipov nomidan chiqqan yolg‘on xabarlarga raddiya berdi (video)

    21.05.2018, 09:54

    Polsha o‘zbekistonlik 3 ming nafar quruvchini ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

    21.05.2018, 09:46

    O‘zbekistonda harbiylarning farzandlariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilmoqda?

    21.05.2018, 08:49

    Ramazon oyida mahsulotlar narxining oshirib yuborilishi holati tanqid qilindi

    21.05.2018, 08:26

    Surxondaryolik haydovchi Angrenda sodir etgan YTHda ona-bola halok bo‘ldi

    21.05.2018, 08:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.