Namanganda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning turkmanistonlik tadbirkorlar bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lum qildi.
Ularda uyushma filiali, “Muslima tekstil servis”, “Asadbek Odina Savdo”, “Chestno tekstil”, “Ayubxon Abrorbek tekstil”, “Grand Sayxun”, “Saodat Sanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va Turkmanistonning Otabek Bozorboyev va Merdon Berdichev kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama tovar aylanmasini oshirish, jumladan, Turkmaniston bozoriga tayyor mahsulotni eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)