• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uy ijarasi uchun beradigan pulimizni Ipoteka krediti uchun to‘lasak bo‘lmaydimi?

    O‘zA Toshkent shaharida vaqtinchalik propiska borasida hamon biror-bir yengillik amalga oshirilmayotgani borasida maqola e’lon qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Aprel oyidan Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska bo‘yicha yengilliklar beriladi, deb quvongan edik. Ammo, mana, aprel tugul may oyining yarmidan o‘tdiki, bu borada biror yangilik bo‘lmadi.

    Vaqtinchalik propiskamning muddati tugagani uchun yana tuman ichki ishlar bo‘limiga yo‘l olaman. Ijarada turgan uyning egasini chaqirib, hujjat to‘plashga kirishaman. Tushgacha navbat kutib, xunobim oshadi. Uy sohibining ensasi qotadi. Navbatimiz kelgach, amallab hujjatlarni topshiramiz. Ichki ishlar xodimi vaqtinchalik ro‘yxatga olish muddatini bu gal 5 oyga cho‘zishini aytadi. Sababini so‘rasam, ijara shartnomamning muddati 5 oyda tugashini pesh qiladi. Indamay rozi bo‘laman. Uy egasi ijara haqini kechiktirmay olib borishimni tayinlab, men bilan xayrlashadi...

    Aprel oyidan Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska bo‘yicha yengilliklar beriladi, deb quvongan edik. Ammo, mana, aprel tugul may oyining yarmidan o‘tdiki, bu borada biror yangilik bo‘lmadi.

    Belgilangan loyihalarga ijro uchun mas’ullar – Adliya vazirligi, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Bosh prokuraturaga 20-martgacha muddat berilgandi. Biroq ijrodan darak yo‘q. Hali hamon poytaxtga kelgan mehmonlar 3 kundan ko‘p turib qolsa, xavotir bilan yuribdi. Ishlayotganlar ijara shartnomasi to‘g‘rilash uchun notariuslarda navbat kutmoqda, vaqtincha propiskasi tugaganlar jarima to‘lamoqda va hokazo noqulayliklar davom etmoqda. Haligacha O‘zbekistonda yashab turib, poytaxtimizda emin-erkin ishlash, yashash, sayohat qilish imkoniyatidan mahrummiz.

    2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 28-bandida fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi. Mazkur band yuzasidan yurtdoshlarimiz eng ko‘p mulohaza va takliflar bildirgani ham rost. Chunki bu nafaqat poytaxt aholisi, balki har bir yurtdoshimizga daxldor muammo.

    Men ham shu masalada o‘z fikrimni bildirib, quyidagicha izoh qoldirgan edim. “Besh yildan ziyod Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda turib, muqim joyda ishlayotganlarga ipoteka kreditlari asosida uy olish uchun ruxsat berish kerak. Qanchadan-qancha yaxshi kadrlar Toshkent shahrida olgan oyligini faqat ijara uyi uchun sarflab, biri ikki bo‘lmayapti”.

    Darhaqiqat, shunday. Mana, o‘zimdan misol keltiray. Oilam bilan 1 xonali uyda ijarada turamiz. Har oyda uyning egasiga kechiktirmasdan 1 million so‘m to‘layman. Bundan tashqari, kommunal to‘lovlar uchun ham 100 ming so‘m beraman. Haliyam, men turgan uyning sharoiti yaxshi emasligi, hamma jihozlarni o‘z hisobimdan olganim uchun shunday arzon qilib qo‘ygan. Yo‘qsa, yanayam narxi oshib ketaveradi. Endi tasavvur qiling, oyma-oy hisoblasak, bir yilda 13 million 200 ming so‘m to‘lashimga to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘n yilda 132 million degani, shundaymi? Aslo unday emas. Uy ijarasi narxi yildan-yilga oshib bormoqda va 10 yillik ijara ham kamida 200 milliondan kam bo‘lmasligi aniq. Bu summa eng minimal qiymatda hisoblaganda shunday. Bundan tashqari, ijara shartnoma tuzish, har 6 oyda vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish, ijarachi bilan kelisholmay qolib, yangi uyga ko‘chganda makler va yuk mashinasi xizmatidan foydalanish kabi xarajatlar ham bor.

    To‘g‘ri, bizning ortimizdan kimlardir daromad ko‘ryapti, oilasini boqyapti. Ammo shu foydani davlat ko‘rsa bo‘lmaydimi? Ipoteka krediti asosida uy olish imkonini yaratib, Toshkentning doimiy aholisi bilan teng huquqli qilib qo‘ysa, bizdan-da uyga muhtoj odam topilarmikan? Ijara uchun berayotgan (ko‘p hollarda noqonuniy) pulimizni Ipoteka krediti uchun to‘lasak, o‘n yilga ham bormasdan qoplab yuborishimiz tayin. Bu ham bankka, ham bizga foyda emasmi?

    Yana bir masalaga alohida e’tibor qaratilishini istardim. Men “besh yil davomida ishlayotgan”, deganimda faqat doimiy ravishda muqim joyda davlatga soliq to‘lagan holda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolarni nazarda tutgandim. Binobarin, besh yildan beri ishlayotgan odam o‘z ishini poytaxtsiz tasavvur qila olmay qoladi. Vaqtinchalik ro‘yxatda turib bo‘lsa-da, umrining oxirigacha ishlayveradi. Tegishli soliq inspeksiyalari orqali ana shunday fidoyilarni aniqlash qiyin bo‘lmasa kerak. Ana shunda soxta hujjat to‘g‘rilab, biror tashkilotga “ishladi”, deb pechat bostirib olish kabi nayranglar o‘tmaydi.

    Propiska haqida kuyunib gapirsam, ba’zilar e’tiroz bildirdi. “Toshkentga buncha osilmasdan o‘zingning viloyatingga borib ishlasang, hududingni rivojlantirsang bo‘lmaydimi? Axir, hamma joyda bir xil sharoit yaratamiz deyapmiz-ku. Chekka-chekka hududlarni ham rivojlantirishni maqsad qilganmiz-ku”.

    To‘g‘ri, har kim avvalo o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyini obod qilishi kerak. Lekin shunday maqsadlar borki, unga erishish uchun faqat poytaxtdagina ishlash kerak bo‘ladi. Butun respublika boshqaruvi poytaxtda bo‘lgandan keyin, (davlat va nodavlat tashkilotda ishlayotgan kadrlarning aksariyati viloyatliklar) unga intilish dunyoning barcha mamlakatlarida ham shunday kuchli. Baland cho‘qqini ko‘zlagan burgut har qanday qarshilik, qahratonni pisand etmaydi. Besh yildan ziyod vaqt davomida Toshkentda vaqtinchalik propiska bilan, ijarama-ijara, arzimagan oylikka ishlab, kechasi, dam olish kunlari mardikorlik qilib kun ko‘rayotgan o‘z iqtidorini, iste’dodini namoyon etish uchun tirishayotganlarni ko‘rsam, ana shunday parvoz qilayotgan burgutlar ko‘z o‘ngimga keladi. Chunki ularning hatto qachon uy-joy qilishiyu, qachon doimiy ro‘yxatga olinishi ham noma’lum. Shunday bo‘lsa-da, o‘z maqsadidan chekinmaydi, bir yilda ikki-uch marta ota-onasidan xabar olgani qishlog‘iga borsa boradi, bo‘lmasa yo‘q. Shundayam bir sovg‘a olishga puli yetmaydi. Ammo ko‘ngli doim xush. Chunki uning maqsadi oliy, ko‘zlagan marrasi bor. Shu yurt uchun xolis xizmat qilishdek ulkan orzusi ko‘ksida barq uradi.

    Bundaylarni hech qanday qiyinchilik, yo‘qchilik to‘xtata olmaydi. O‘zi bir xonali, sharoiti haminqadar uyda yashab, farzandini maktabda o‘qitayotgan, bog‘chaga berayotgan, o‘zi uch-to‘rt kilometr yo‘l bosib ishga piyoda qatnab, bolasi uchun non topayotgan oilalar bor. Eng alam qiladigani, ularning aksariyati oliy ma’lumotli, iqtidorli, iste’dodli kadrlar. Ular tadbirkorlik qilolmasligi mumkin, ammo o‘z ishining ustasi: jurnalist, yozuvchi, o‘qituvchi, shifokor... Ular katta tashkilotlarda ishlamaydi, ammo jamiyatimiz uchun kerakli.

    Ishlaydigan odam shundog‘am poytaxtga oqib kelaveradi. Doimiy bo‘lmasa, vaqtincha, oshkora bo‘lmasa, yashirincha yo‘llar bilan ro‘yxatdan o‘tib, o‘z ishini qilaveradi. Doimiy ro‘yxatdan o‘tishning qiyinlashishi va vakolatning vazirlik, qo‘mitalar, yuqori tashkilotlarga berilishi, istaymizmi-yo‘qmi, korrupsiyaning rivojlanishiga turtki bo‘laveradi. O‘rtada, baribir yana o‘sha “qora xalq” jabr chekib qolaveradi.

    Prezidentimizning qaror va farmonlariga ko‘ra, jamiyatimizda alohida xizmat ko‘rsatgan yosh ijodkorlar, madaniyat va san’at vakillari, shoiru yozuvchilar, din peshvolari va boshqa soha vakillari arzon uy-joylar bilan ta’minlanmoqda. Ammo Toshkent shahrida necha yillardan beri ishlab kelayotgan doimiy propiskasiz minglab fidoyi kadrlar (jurnalistlar) ham borki, ularni-da shunday rag‘batlantiradigan, yanada fidokorlik ko‘rsatishi uchun dalda beradigan payt allaqachon keldi, nazarimda.

    Bugun Toshkentni megapolis shaharga aylantirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun uning hududini kengaytirish, zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini yaratish bilan birga eng yaxshi kadrlarni poytaxtda jamlash kerak bo‘ladi. Biz esa faqat davlat tashkilotlarining ayrim toifalarigagina shunday imkoniyat beryapmiz. Tadbirkorlar uchun, iqtidorli, iste’dodlilar uchun imkoniyat qoldirmayapmiz. Ikkita ish o‘rni ochgan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormizu, viloyatlik tadbirkorlarning poytaxtda faoliyat yuritishini cheklab qo‘yibmiz...

    Xullas, sanayversak, muammolar bolalab ketaveradi. O‘ylaymizki, ayni paytda shoshilmasdan, pishiq va puxta ishlab chiqilayotgan fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlashga oid huquqiy hujjat bilan yuqoridagi barcha muammolarga barham beriladi, bizning takliflarimiz ham inobatga olinadi.

    21.05.2018, 16:33   Izoh (0)   28318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    22-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

    21.05.2018, 16:21

    Beeline-O‘zbekiston 26,9 milliard so‘mlik jarimani to‘ladi

    21.05.2018, 16:10

    O‘zbekistonda gaz quyish stansiyalarining faoliyati online rejimda nazorat qilish taklifi bildirildi

    21.05.2018, 16:00

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    21.05.2018, 15:47

    Aslida sen emas, biz chekindik, Orol... (UzWaterAware ekspeditsiyasi, foto)

    21.05.2018, 15:45

    Astraxanda migratsiya qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    21.05.2018, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.