IShIDning Suriyadagi asosiy targ‘ibotchisi Iroq harbiy-havo kuchlarining zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti Kavkaza” xabar berdi.
Iroq harbiy-havo kuchlarining Suriyadagi IShID yetakchilarining uchrashish joyiga qaratilgan zarbalari oqibatida Abu Baraa ash-Shami halok bo‘lgan. Ash-Shami Suriyada IShID targ‘ibotchilarining yetakchisi edi. Terrorchi, shuningdek, o‘ldirish va qiynoqlar aks etgan videomateriallarni tayyorlash bilan ham shug‘ullangan.
Abu Baraa ash-Shamining o‘limidan keyin “jangarilarning axborot tizimi barbod bo‘ldi”, — deya “RIA Novosti” izoh bermoqda.
Avvalroq, Iroq harbiy-havo kuchlari IShID terrorchilarining Suriyadagi marralariga zarba berganini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)