• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi: U kishi barchamizning otamiz edilar

    “Islom.uz” Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi Odinaxonning otasi haqidagi xotiralarini chop etdi.

    Bir necha yil Vatandan yiroqda yashaganimizning hikmatlaridan biri akam ikkovimizning xorijda tahsil olganimiz bo‘ldi. Ne baxtki, biz otamiz o‘qigan ilm diyorida o‘qishni tamomlashga muvaffaq bo‘ldik. Biz uchun ikkinchi vatan bo‘lib qolgan Libiya haqida, unda kechirgan kunlarimiz haqida alohida bir kitob ta’lif qilsa arziydi.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    “Islomga da’vat kulliyasi” faqat ajnabiylar uchun ixtisoslashgan ilm maskani edi. Bu o‘quv maskaniga dunyoning turli nuqtalaridan tolibi ilmlar oilasiz, yolg‘iz o‘zlari o‘qish uchun kelgan edilar. Biz esa oilamiz bilan, ota-ona bag‘rida yashab turib o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldik. Hazratim bilan bir necha yil davomida talabalar maskanida talabalar bilan birga yashadik. Shuning uchun talabalar u kishini yaxshi tanishar edi. Ular: “Shayx nihoyatda ulug‘ odam. U Allohning yo‘lida yuribdi. Har bir bosgan qadami savob. Uning tarixini eshitganmiz. Shu sabab u kishiga bo‘lgan hurmatimiz cheksiz”, deyishardi.

    Hazratimiz sport bilan shug‘ullanishni hech qachon kanda qilmaganlar. O‘sha paytlarda ham talabalar bilan basketbol o‘ynardilar. Shuning uchun talabalar hazillashib: “Shayxga ko‘z tegmasin, mashaalloh! U kishining yoshlariga yetganimizda biz hassaga suyanib qolsak kerak”, deb qo‘yishardi. Mabodo talabalar bilan tortishib, xafalashib qoladigan bo‘lsak, darrov o‘rtaga tushib, isloh choralarini ko‘rardilar. Har kuni o‘qishdan qaytganimda, Hazratim mendan yangiliklarni so‘rardilar. Men bo‘lgan ishlarning hammasini birma-bir gapirib berardim. Quvonchli hodisalar bo‘lsa, mendan ham ko‘proq suyunardilar. Ba’zida oshib-toshib o‘qishning qiyinligidan, ustozlarning qattiqqo‘lligidan, talabalarning ba’zi tasarruflaridan shikoyat qiladigan bo‘lsam, tasalli berardilar, nasihat qilardilar. Eslasak, eslaydigan gaplar ko‘p...

    Boshimizga tushgan og‘ir judolik munosabati ila ko‘pgina sobiq talabalar ta’ziya maktublarini yo‘llashdi. Ularning deyarli barchasida Hazratimizni “Validunash-shayx” deb tilga olishgan edi. Bu “Shayx otamiz” deganidir. Men o‘sha paytda bu atamadan ajablandim ham. Lekin og‘ir ayriliq dardida yonib turganim uchun chuqurroq o‘ylay olmagandim. Mana, bir oz muddat o‘tib, xotira sahifalarini varaqlash asnosida buning ma’nosini tushunib yetgandek bo‘lyapman.

    Har bir insonning hayotida unutilmas quvonchli damlar bo‘ladi. Men uchun shunday damlardan biri o‘qishni tamomlab shahodat olgan kunimdir. O‘shanda 2000-yilning iyul oyi edi. Bitiruv kechamiz bo‘ladigan kun. Bitiruv libosi qo‘limda, uydan shoshib chiqdim-da, uchinchi qavatdan pastga tushayotib, zinadan yuqoriga ko‘tarilayotgan Hazratimga yo‘liqib qoldim. U kishi yuzlarida tabassum ila yo‘limni to‘sib, meni gapga tutdilar. Kutilmaganda peshonamdan o‘pdilar. Hazratim hayotim davomida juda kam marta peshonamdan o‘pganlar. Shuning uchunmi, bunday onlarning har biri yodimda muhrlanib qolgan. Men shoshayotganimni ham unutib, turib qoldim. U kishi menga: “Roppa-rosa yigirma yil oldin xuddi shu kunda men o‘qishni bitirib, shahodat olgandim. Mana, yigirma yildan keyin sen olib turibsan. O‘sha yili sen tug‘ilgan eding. Endi kap-katta qiz bo‘lib, mana, o‘qishni ham bitirding”, dedilar. Bu so‘zlardan yuragim tog‘dek ko‘tarilib, hatto qadam bosib yurayotganimni ham sezmay qoldim. Go‘yo osmonda uchib borardim...

    Zal odamlarga to‘la, turli elchixona-yu konsulxonalardan mehmonlar kelgan, ustoz-u ulamolar, taniqli kishilar tashrif buyurgan. Hazratim ham hozir bo‘lib, orqaroqdan joy oldilar. Boshqa talabalardan ko‘ra mening imtiyozim shunday quvonchli kunda otamning yonimda yutug‘imga shohid bo‘lishlari edi. Boshqalar esa bunday baxtdan benasib. Axir hamma ham bunday baxtli onlarida oilasi, ayniqsa, ota-onasi ishtirok etishini xohlaydi-ku. Men dam-badam orqaga o‘girilib, ko‘zlarim yonib otajonimga qarab qo‘yardim.

    Bizning guruhimiz eng katta guruh edi. Odatda guruhlar oltmish kishidan tashkil topgan bo‘lardi. Biz esa yuz kishiga yaqin edik. Bizning guruh barokatli edi. Bu esa bitirish damlarimizda yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bizga boshqalardan ko‘ra ko‘proq imtiyozlar nasib qildi. Hech kimga ochib berilmagan zal bitiruv kechasidan bir hafta oldin biz uchun ochib berildi va bezatish ishlari o‘z ixtiyorimizga topshirildi. Har yilgi talabalar esdaligi oq-qora rangda nashr qilinardi. Bu yilgisi rangli bo‘lib chiqdi va bu xizmat akam Ismoiljon boshchiligida amalga oshdi. Akam o‘sha paytlarda ham kishilarga ko‘p xizmatlarni taqdim qilar, texnika bilan bog‘liq ishlarda mohir edi.

    Xuddi shu kuni kechki payt yana bir bayram uyushtirdik. Bu bayram guruhimiz uchun xos bo‘lib, bitirishimiz munosabati bilan qilinayotgan edi. Shu bilan birga, o‘ziga xos xayrlashuv kechasi ham edi. Ushbu kechani uyushtirish taklifi Hazratimdan chiqqan bo‘lib, unga o‘zlari bosh-qosh bo‘ldilar. U kishi: “Hammani men mehmon qilaman”, dedilar. Lekin o‘zlarining tashrifi qudumlarini kutmagan edik.

    Biz talabalar zalni tayyorlab, hozirlik ko‘rdik. Dasturxon tuzadik. Akam ham mezbonlik ishlari bilan mashg‘ul. Talabalar yig‘ilishdi. Xursandchilik sabab shovqin-suron avjida. Hamma olti yillik mehnat mahsulidan o‘zida yo‘q xursand. Kechamiz juda fayzli o‘tmoqda edi. Bir payt kutilmaganda zalga Hazratim kirib keldilar. O‘zim ham hayron qoldim. Men talabalar shovqini, beboshligi tufayli u kishidan xijolatda edim. U kishining tashriflari ila majlisimiz fayziga fayz qo‘shildi.

    Kecha diniy odatlarimizga ko‘ra Qur’oni Karim tilovati bilan ochildi. Talabalar raisi Muhammad Umar chiqib nutq so‘zladi, ko‘z yoshi qildi. Keyin Hazratim so‘zga chiqdilar. Eh, attang!!! Nima uchun bu chiqishlarni suratga tushirib olmagan ekanmiz?! U kishi shunday chiroyli xutba qildilarki... So‘zni tabrik bilan boshlab, barchamizni bu quvonchli munosabat bilan qutladilar. Keyin ushbu ilm dargohining boshida turgan, talabalarning tahsil olishiga sababchi bo‘lgan kishilarning barchasiga tashakkur izhor qilib, ular haqida maqtov so‘zlari aytdilar, xizmatlarini munosib taqdirladilar.

    Shundan so‘ng bizning guruhimiz haqida so‘z aytdilar: “Men o‘zim bir necha yil avval shu dargohda o‘qiganman. O‘qish dargohi va talabalar haqida ko‘p mulohazalarga egaman. To‘g‘risi, shu paytgacha sizlarning guruhingizga o‘xshash guruhni ko‘rmadim. Men sizlarning boshqalardan ajrab turadigan xususiyatlaringizni qisqa qilib, asosiy uch narsada jamladim. Shulardan biri: sizlarning ichingizdan “mumtoz” taqdirini olganlar ko‘p bo‘ldi. (“Mumtoz” – eng oliy baho). Odatda, har guruhdan bitta, ikkita, boring, eng ko‘pi bilan uchta mumtoz chiqardi. Sizlardan o‘nta chiqdi. Shu bilan birga, ichingizda hofizlar ko‘p. Ikkinchisi: sizlar bir-birlaringiz bilan juda ahil bo‘ldinglar. Ahillik, birdamlik va hamjihatlik yaxshiliklarning boshidir. Men sizlarning o‘zaro bunday munosabatingizdan juda quvondim. Uchinchisi – orangizda opa-singil tolibalarimizning borligi juda katta yutuq bo‘ldi. Qizlarimiz xayr-barakadir. Ular sizlarni yaxshiliklarga undab turishdi. Ularning bori baxtdir. Ular o‘z mehrlarini, mehnatlarini taqdim qilib charchashmadi. Hammangizning zafarlaringizda ularning o‘rni katta ekanligida hech shubha yo‘q”.

    So‘ng biz bitiruvchilarga nasihatlar qildilar: “Biz din g‘ami bilan yashashimiz kerak. Asosiy maqsadimiz dinga, elga xizmat bo‘lishi kerak. Biz harakat qilmasak, kim harakat qiladi?”, “Sizlar din kishilarisiz. Odamlar dinlarini sizlardan oladilar. Ular sizlarga ergashadilar. Agar siz to‘g‘ri yo‘ldan yurmasangiz, ular ham sizning ortingizdan borib, adashib ketadilar. Shunday ekan, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi bo‘linglar”. Ba’zi bebosh talabalar ham bu gaplardan keyin boshlarini quyi egib qoldilar. Zalda sukut hukm surardi. Hamma chuqur o‘yga toldi...

    Bu xotiralar xuddi kino tasmasidek ko‘z oldimdan o‘tar ekan, nima sababdan Hazratimni “ota” deyishganini anglagandek bo‘ldim. Bizning ko‘zimizga ko‘proq o‘zlari bilan mashg‘uldek ko‘ringan otajonim hammaga va har bir narsaga e’tiborli bo‘lganlarini bugun anglab turibman. Sirtdan ha deb tashqi ishlarga aralashavermaydigan odam bo‘lib ko‘rinsalar-da, Hazratim talabalar bilan birga yashagan ekanlar. Ularning hollaridan xabardor ekanlar. Bo‘lganda ham, yaxshigina xabardor ekanlar. Yo‘qsa, yuqorida zikr etilgan uchta nuqtani bu darajada nozik jihatlarigacha bayon qilib bera olmasdilar. Ta’bir joiz bo‘lsa, otalik ham qilgan ekanlar. Men “faqat mening otam yonimdalar” deb shodlanganimda, u kishi boshqalarni ham o‘ylagan ekanlar. Ularning shuurlarini inobatga olib, ularga g‘amxo‘rlik qilgan ekanlar. Mehmon qilib, boshlarini silagan ekanlar. Tabrik va taqdir ila ko‘ngillarini ko‘targan ekanlar. Otalarcha nasihatlarini ayamagan ekanlar. Shu sabab hamma u kishini “shayx otamiz” deyishar ekan.

    Men yosh bo‘lganimdanmi, bularning mag‘zini chaqmagan ekanman. Kunda bo‘lgan ishlarni yosh bir qizchaning tilidan eshitib yurib, kerakli xulosalarni olib ulgurgan ekanlar. Yana men bilmagan, eshitmagan va ko‘rmagan narsa qancha ekan.

    Bugungi kunda kursdoshlarimizning ko‘plari katta olim, taniqli kishilar bo‘lib ketishdi. Bu guruhga Hazratimizning nazarlari tushgan edi. Ancha yillar o‘tganiga, oradagi masofalar uzoqligiga qaramay, yurakka mador bo‘ladigan ta’ziyalarni izhor qilishdi. Ko‘ngilga tasalli beradigan maktublarni yozib, holimizdan xabardor bo‘lib turishibdi.

    Hazratimizning birov bilgan va bilmagan xususiyatlari hali bisyor. Dunyoga ezgulik urug‘ini sepib ketgan bu ulug‘ zotni Alloh rahmat aylasin. Son-sanoqsiz kishilarning qalbidan joy olgan mushfiq Ustozimizni Alloh o‘z muhabbati bilan siylasin.

    Hazratimizni va u kishiga o‘xshash olimlarni yetishtirgan, Islomga behisob xizmatlarini taqdim etgan Libiya ulug‘laridan o‘tganlarini Alloh rahmat aylasin, amali solihlarini o‘zlariga hamroh qilsin. Qolganlarini salomatlikda, ofiyatda aylasin! Bu aziz diyorga avvalgi tinchlik va xotirjamlikni qaytarsin, omin!

    17.05.2018, 11:31   Izoh (0)   36829
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda sel 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

    17.05.2018, 11:18

    Korzinka.uz asoschisi: “Agar chora ko‘rmasak, ‘kulrang’ import ishlab chiqaruvchilarni yo‘q qiladi”

    17.05.2018, 10:31

    O‘zbekiston AKT vaziri Nokia rahbariyati bilan uchrashdi

    17.05.2018, 10:05

    Mo‘ynoqda ichimlik suvi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi

    17.05.2018, 09:50

    Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi

    17.05.2018, 09:37

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Mukammal saodat yo‘li” kitobidan parchalar: Islom — ilm dini (video)

    17.05.2018, 09:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53

    Indoneziyada 280 kishi bo‘lgan kemada yong‘in: odamlar dengizga sakramoqda (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:52

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.