BAAning Sharja shahri politsiyasi amirlikning 10 ta joyida Ramazon oyida iftor vaqtini e’lon qilish uchun zambarak tayyorladi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi. Joriy yilda ko‘proq maydonni egallash uchun yana ikkita zambarak qo‘shilgan.
Sharja politsiyasining Markaziy operatsiyalari bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari polkovnik Ahmad Said al-Nur zambaraklarni tekshirib chiqqan va ularning shayligini ko‘zdan kechirgan. U zambarak otuvchi kishilarni xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishga chaqirgan.
Polkovnikning aytishicha, iftor vaqtida zambarak otish arab va musulmon mamlakatlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan eski odat hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kishilar, shu jumladan musulmon bo‘lmaganlar ham zambaraklar otiladigan joylarda to‘planadi. Sharjada ko‘plab kishilar uyda qoladi va zambaraklar otilishini jonli efirda tomosha qiladi.
Izoh (0)